Yangi dumaning vakolati beş yil davom etadi — 2031 yil sentabrigaça. Saylovlarda ilk bor Ukrainaning okkupatsiya qilingan Donetsk, Luxansk, Zaporijjya va Xerson viloyatlari aholisi iştirok etişi mumkin böladi. Rossiya ularni 2022 yil sentabrida qöşib olgan. RF parlamentiga saylovlar Rossiya tomonidan qöşib olingan Ukraina yarimoroli — Qrimda ham ötkaziladi.

RF Davlat dumasidagi deputatlar umumiy soni özgarmaydi — 450 nafar bölib qoladi. Ularning yarmi partiya röyxatlari böyiça, ikkinçi yarmi esa bir mandatli okruglar böyiça saylanadi.

Okkupatsiya qilingan “yangi hududlar” aholisining saylovlarda iştirok etişi fonida RF hokimiyati 2025 yil may oyida saylov okruglari çegaralarini qayta körib çiqqan. “DXR”ga uçta bir mandatli okrug, “LXR”ga ikkita, Xerson va Zaporijjya viloyatlariga esa bittadan bir mandatli okrug ajratildi.