Hukumat qaroriga muvofiq, mazkur nizom yirik investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish jarayonida korrupsiyaga qarshi hamda raqobatni ta’minlovchi standartlarni majburiy joriy etish tartibini belgilaydi.

Nizom quyidagi yirik investitsiya loyihalariga nisbatan qo‘llanadi:

  • davlat budjeti yoki davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar;
  • davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalar;
  • davlat kafolatlari, imtiyozlar yoki davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa shakllari nazarda tutilgan, shuningdek xorijiy investitsiyalar va xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalar.

Nizomga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari o‘z vakolati doirasidagi loyihalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekspertiza qiladi va baholaydi. Ekspertizadan o‘tkazish loyihani tasdiqlash jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi.

Ekspertiza va baholash xulosalari asosida loyiha tashabbuskori vakolatli organlar bilan hamkorlikda korrupsiya va raqobat muhitiga qarshi xavf-xatarlarni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi.