«Modellar uçun» möljallangan Amerika vizasini olişga uringan özbekistonlik qizning maktublari Jyeffri Epşteyn işi materiallarida uçraydi. Bu haqda AQŞ Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan hujjatlarni örganib çiqib «RIA Novosti» xabar berdi.
2012 yil 8 martda yozgan xatida ism-şarifi matnda yaşirilgan qiz Özbekistonda AQŞ vizasini olişda qiynalayotganini ma’lum qilgan.
«Uçraşuvimizga kelsak, azizim Jyeffri, men doim şuni istayman! Ammo mamlakatim biz uçun qança muammo tuğdirayotganini senga aytgandim», deyiladi maktubda.
Qizning yozişiça, agar u qandaydir yöl bilan «modellar uçun» möljallangan Amerika vizasini (Qöşma Ştatlarda modalar körgazmasida işlaydigan xorijiy modellar uçun möljallangan H-1B3 vizasi) olişga muvaffaq bölsa, «oxir-oqibat Nyu-Yorkka borişdan xursand böladi».
Keyingi xatlarda qiz Malayziyaga viza olişga muvaffaq bölganini ma’lum qiladi va Epşteyndan turar joyi, şuningdek, stomatolog xizmatlari va Parijga boriş xarajatlarini qoplaşda yordam berişni söraydi.
AQŞ Adliya vazirligi materiallarida özbekistonlik qizning 2014 yilda Nyu-York kinoakademiyasining Parijdagi bölimida öqişi va Parij – Sankt-Peterburg - Toşkent yönalişi böyiça aviaçiptalar uçun tölov hujjatlari ham keltirilgan.
AQŞ boş prokurori örinbosari Todd Blanş 30 yanvar kuni Epşteyn işi böyiça materiallarni e’lon qiliş yakunlanganini e’lon qildi. E’lon qilingan ma’lumotlarning umumiy hajmi 3,5 million fayldan oşdi. 2019 yilda Epşteyn AQŞda voyaga yetmaganlarni jinsiy ekspluatatsiya qiliş maqsadida savdo qilişda ayblangan, şu yilning iyul oyida qamoqxonada vafot etgan, tergov uni öz joniga qasd qilgan degan xulosaga kelgan edi.














