Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Surxondaryo hamda Farg‘ona viloyatlarida ayrim hududlarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Mutasaddilar aholidan ehtiyotkor bo‘lishni so‘ramoqda. Xususan, ochiq maydonlarda, qurilish obektlari va reklama konstruksiyalari yaqinida ehtiyot choralarini ko‘rish, avtotransport vositalarini daraxtlar ostida qoldirmaslik tavsiya etiladi.
Ob-havodagi o‘zgarishlar munosabati bilan tegishli xizmatlar kuchaytirilgan tartibda ish olib bormoqda.










