Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yog‘ingarchilik va kuchli shamol kutilmoqda: fuqarolarga xavfsizlik choralari eslatildi
Bugun Toshkent shahri hududida yog‘ingarchilik va kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan fuqarolardan xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish so‘raldi.
Foto: Kun.uz
Tavsiyalarga ko‘ra, aholi:
- yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq hamda havo aylanish tizimlarini mahkam berkitishi;
- ko‘chada daraxt va elektr ustunlari tagida turmasligi;
- ko‘p qavatli uylar balkonlarida, deraza tokchalarida va tashqi hududdagi buyumlarni xavfsiz joyga olib qo‘yishi yoki mustahkamligini tekshirishi;
- shamol kuchayganda mustahkam binolar, yer osti o‘tish yo‘llari hamda yashirinish mumkin bo‘lgan joylarda muhofazalanishi lozimligi qayd etildi.
Shuningdek, buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanishi eslatildi.
Toshkent shahar FVBB avtomobillarni daraxtlar va yengil konstruksiyali qurilmalar ostida qoldirmaslik, xonadonlarda esa gaz qurilmalarini doimiy nazorat qilib turishni tavsiya qildi.
Favqulodda holat yuz berganda quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin: 112, 1055, (71) 212-69-80, (71) 212-69-82.
Mavzuga oid
11:02 / 25.02.2026
Kuchli shamol va chang-to‘zon: qator hududlarda ogohlantirish e’lon qilindi
09:55 / 25.02.2026
Tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari xavfi e’lon qilindi
17:16 / 24.02.2026
AQSh sharqiy sohilida rekord darajada qor: 5 mingdan ortiq reyslar bekor qilindi
16:48 / 24.02.2026