Norvegiya politsiyasining iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraş bölinmasi (Oekokrim) mamlakatning sobiq boş vaziri, Norvegiya Nobel qömitasining sobiq raisi Turbyorn Yaglandga nisbatan tergov boşladi. Bu haqda Reuters agentligi payşanba, 5 fevral kuni xabar berdi. Aniqlaştirilişiça, Yaglandga nisbatan amerikalik moliyaçi Jyeffri Epşteyn (fohişabozlikni taşkil etgani uçun sudlangan) bilan boğliq oğir korrupsiya jinoyatlari haqidagi şubhalar mavjud.

“Oşkor qilingan hujjatlar qamrab olgan davrda u (Turbyorn Yagland — tahr.) Norvegiya Nobel qömitasi raisi va Yevropa Kengaşi boş kotibi lavozimlarida işlagan. Şuning uçun tekşiruv ötkazişga jiddiy asoslar bor, deb hisoblaymiz”, — dedi Oekokrim rahbari Paal Lyoset. U tergovni boşlaşga sabab sifatida Epşteyn işi böyiça yaqinda oşkor qilingan yangi hujjatlardagi ma’lumotlarni körsatdi.

Reuters yozişiça, hozirça Yaglandga nisbatan heç qanday ayblov qöyilmagan. Jurnalistlar ma’lumotiga köra, tergovçilar u yuqorida tilga olingan lavozimlarda işlagan paytida sovğalar olgan-olmagani, sayohatlarga çiqqan-çiqmagani yoki kreditlar olgan-olmaganini tekşirmoqda. Şu maqsadda politsiya undan immunitetni olib taşlaşni söragan, çunki u xalqaro taşkilotning sobiq rahbari sifatida muayyan immunitetga ega bölgan.

Öz navbatida, Norvegiya TIV rahbari Espen Bart Eyde bu iltimosni qondirişini ma’lum qildi. “Bu işda faktlar oydinlaşişi muhim”, — deb ta’kidladi vazir. U Oslo Yevropa Kengaşi vazirlar qömitasiga Turbyorn Yaglandni immunitetdan mahrum qiliş taklifini kiritişini va’da qildi.

Yagland advokatlaridan biri esa mijozi tergov bilan har tomonlama hamkorlik qilişini bildirdi. “Hozirgaça aniqlagan ma’lumotlarimizga tayanib, iş ijobiy yakun topişiga işonamiz”, — dedi u.

Nobel qömitasi matbuot kotiblaridan biri bu mavzuda izoh berişdan boş tortdi, biroq Norvegiya qömitasi ham mazkur iş tergov qilinişiga qiziqiş bildirayotganini qöşimça qildi.

Reuters eslatişiça, Yagland — Norvegiyada Epşteyn bilan aloqalari tekşirilayotgan yagona taniqli şaxs emas. Masalan, valiahd malika Mette-Marit Epşteynga ayblov hukmi çiqarilganidan keyin ham u bilan aloqani davom ettirganini tan olgan. Bu holatni u özi “notöğri baholaş” deb atagan.