Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
40 yoshdan keyin ota bo‘lganlar ulushi 7 foiz - statistika
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonda 879 599 ta tirik tug‘ilish holati qayd etilgan. Shulardan 7,2 foizi 40 yosh va undan katta otalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Qo‘mita keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilda:
- 25 yoshgacha bo‘lgan otalar — 97 917 nafar (11,1 foiz);
- 25–39 yoshdagilar — 718 798 nafar (81,7 foiz);
- 40 yosh va undan kattalar — 62 884 nafar (7,2 foiz).
Demak, har 100 ta tug‘ilishning qariyb 7 tasida ota 40 yoshdan katta bo‘lgan.
Shu bilan birga, onalar yoshi kesimida 40 yosh va undan kattalar ulushi ancha past — 1,4 foizni tashkil etgan (12 454 nafar).
Ma’lumotlar tug‘ilishlar asosan 25–39 yoshli ota-onalar hissasiga to‘g‘ri kelayotganini ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
15:05 / 16.03.2026
Yanvarda kichik biznes hissasiga 6 trln so‘mlik qurilish ishlari to‘g‘ri keldi
14:44 / 16.03.2026
MChJ O‘zbekistondagi eng ommalashgan biznes shakli bo‘lib qolmoqda
12:41 / 16.03.2026
O‘zbekistonda 12 mingdan ortiq ayol 40 yoshdan keyin ona bo‘lgan
15:31 / 14.03.2026