Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida ötkazilgan «Alvon yelkanlar» nomli bitiruvçilar bayramiga Samarqand viloyatidan iqtidorli yoşlar örniga farzandi, jiyani va yaqinlarini xorijga yuborgan mahalliy rasmiylar 28 mln sömni budjetga qaytaradi. Bu haqda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi rahbari Akmal Burxonov ma’lum qildi.

U Samarqand viloyati maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi mansabdor şaxslari tomonidan qonunbuzarlikka yöl qöyilganini ta’kidlagan.

«Dastlabki örganişlar natijasida bu voqea öz tasdiğini topdi. Rossiya tomonidan viloyat hokimligiga taklifnoma berilgan, hokimlik viloyat maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasiga yönaltirgan.

Sakkiz öquvçi va ikki öqituvçi yuborilgan. Şundan ikki nafari – boşqarma boşliğining yaqin qarindoşi, ya’ni farzandi va jiyani, yana ikki nafari boşqarma hisobçisi va metodistining farzandlari bölib çiqdi, yana bir nafari boşqarma boşliğining yaqin tanişining öğli bölib çiqdi.

Ularning borib kelişi uçun mahalliy budjetdan 95 million söm ajratilgan ekan. Uç bolaning ota-onasidan 28 million söm mahalliy budjetga qaytarildi», deya Burxonovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Bundan taşqari, örganişlar natijasida uşbu holat davlat xizmatçilarining odob-axloq qoidalariga zid ekani haqida Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi rahbariyatiga taqdimnoma kiritilgan, unda aybdorlarga qat’iy çoralar köriş söralgan.

«Örganişlar natijasida 28 millionni qaytardik. Yana bir bor örganib, yana budjetga zarar yetkazilgan bölsa uni ham qaytariş, şuningdek, taniş-bilişçilik holatlariga yöl qöygani uçun mutasaddilarga, birinçi navbatda, boşqarma rahbariga hamda boşqa aybdorlarga keskin çora köriş, ya’ni lavozimdan ozod etişgaça bölgan çoralar köriş böyiça taqdimnoma kiritdik. Bu böyiça ön kun içida javob berilişi kerak», degan Burxonov.

Şu kunlarda Sankt-Peterburgda ötkazilgan «Alvon yelkanlar» bitiruvçilar bayramiga Samarqand viloyatidan yuborilgan maktab öquvçilari röyxati jamoatçilik e’tirozlariga sabab bölgandi. 

Kun.uz saytida e’lon qilingan materialda sayohatga borganlar orasida viloyat maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi boşliğining öğli va jiyani, şuningdek boşqa mas’ullarning farzandlari ham borligi aniqlangani ma’lum qilingandi. 

Viloyat maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi holat yuzasidan bildirgan munosabatida dastlab mazkur tadbir uçun 14 nafar iqtidorli öquvçi va 1 nafar mas’uldan iborat delegatsiya şakllantirilgani, ammo ayrim öquvçilarning xorijga çiqiş pasportlari öz vaqtida tayyor bölmagani va ayrimlarining ota-onalari safarga ruxsat bermagani sababli röyxat özgartirilganini ma’lum qilgandi.