Haftada bahoriy ob-havo hukm surişi: yomğirlar fonida havo issiq bölişi kutilmoqda. Iqlimşunos Erkin Abdulahatov yaqin ön kunlikdagi ob-havo kutilmalarini Kun.uz'ning jonli efirida taniştiradi. 

Joriy hafta juda issiq va şu bilan birga yoğingarçilikka boy bölişi kutilmoqda. Çorşanba-payşanba kunlari aksar viloyatlarda köp yomğir yoğişi prognoz qilinmoqda. Poytaxtda bu hafta kutilayotgan yoğingarçilik miqdori oylik normaga juda yaqin bölişi oydinlaşmoqda. Hafta boşi hamda juma va dam oliş kunlari köplab hududlarda harorat +18...+23 darajagaça issiq bölişi kutilmoqda.

Keyingi hafta ham issiq havo oqimi ta’sirida bölişi, bahor boşlariga xos ob-havo muhiti saqlanişi kutilmoqda. Umuman olganda, fevralning ikkinçi ön kunligi juda issiq va şu bilan birga namgarçil ötişi, ayrim hududlarda fevralga xos bölmagan ğayritabiiy issiqliklar bölişi kutilmoqda, bu esa dov-daraxtlarni juda erta ösiş davriga kirib qolişini ta’minlaydi.

Joriy fevral örtasini mart oyi oxirlari va aprel boşlariga qiyoslaş mumkin. Toğlarga esa qor ustiga yana qor yoğişi aniq bölmoqda. Tinç okeani markazidagi suv harorati passiv La-Ninyadan asta-sekin barqaror holatdagi neytral holatga ötiş arafasida turibdi. Meteorologlar joriy yoz oyida El-Nino rivojlanişi işoralariga e’tibor qaratişmoqda. Bu esa dunyo böylab yozning issiq bölişi, bizning mintaqada esa aksinça mö’tadil yoz bilan boğliq kutilmalar kelib çiqmoqda.