Norvegiyaning Iordaniya va Iroqdagi elçisi bölgan 66 yoşli Mona Yuul AQŞ Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan hujjatlar uning voyaga yetmaganlarni fohişalikka majburlaşda aybdor deb topilgan (hozirda marhum) amerikalik moliyaçi Jyeffri Epşteyn bilan aloqalarini oçiqlaganidan keyin iste’fo berdi. Bu haqdagi bayonot yakşanba kuni, 8 fevralda Norvegiya Taşqi işlar vazirligi saytida e’lon qilindi.
Taşqi işlar vazirligi vakillari bilan muzokaralardan söng Yuul iste’foga çiqiş haqida “töğri va zarur” qaror qabul qildi, çunki Epşteyn bilan aloqalar “uning mulohaza va baho berişida jiddiy xatolar bölganini körsatadi”, — dedi Norvegiya TIV rahbari Espen Bart Eyde. “Bu uning xizmat vazifalarini bajarişi uçun zarur bölgan işonçni qayta tiklaşni qiyinlaştiradi”, — deb qöşimça qildi vazir.
Naşrda, şuningdek, diplomat ötgan haftani özidayoq xizmat vazifalarini bajarişdan çetlatilgani aytiladi. Hozir TIV Yuulning Epşteyn bilan, ayniqsa, vazirlik xodimi sifatida, “qançalik yaqin” aloqada bölganini örganmoqda. Sobiq xodima tergov doirasida TIV bilan hamkorlikni davom ettiradi.
“Epşteyn fayllari”da Yuulning özi bilan birga uning turmuş örtoği — 78 yoşli diplomat va siyosatçi Tere Rud-Larsen, şuningdek ularning ikki nafar farzandi — Emma va Edvard ham tilga olingan. Dpa agentligi ma’lum qilişiça, Emma va Edvard moliyaçining vasiyatida qayd etilgan. Aytilişiça, Epşteyn bu vasiyatni 2019 yil avgust oyida Nyu-York qamoqxonasida öz joniga qasd qilişidan sal oldin imzolagan. E’lon qilingan hujjatlardan körinişiça, har bir farzand 5 million dollardan olgan.
Norvegiya TIV, şuningdek, vazirlik tomonidan AQŞda joylaşgan Xalqaro tinçlik institutiga (IPI) ajratilgan mablağlar böyiça tekşiruv ötkazayotganini ma’lum qildi. Bu institutga 2004–2020 yillarda Rud-Larsen rahbarlik qilgan. Ma’lum bölişiça, IPI Epşteyn bilan boğliq jamğarmalardan 650 ming yevro xayriya olgan — şundan keyin Rud-Larsen iste’foga çiqqan.
Tekşiruvlar böyiça izoh bergan Yuul aytişiça, u Epşteyn bilan iş faoliyati doirasida tanişgan va keyinçalik u bilan juda kam — minimal aloqa saqlab kelgan. Yuulning turmuş örtoği esa moliyaçi bilan aloqalarni “jiddiy xato” deb atagan. Norvegiya OAV ma’lumotlariga köra, Rud-Larsenning Epşteyn bilan “şaxsiy moliyaviy munosabatlari” bölgan.














