Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaliqda o‘quvchi vafoti bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq shahridagi maktab o‘quvchisining vafoti bilan bog‘liq turli xabarlar va muhokamalar tarqalmoqda. Mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirilib, surishtiruv ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.
Foto: Kun.uz
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 28 yanvar kuni Olmaliq shahridagi 5-sonli umumta’lim maktabida noxush holat yuz bergan. Maktabning 10-sinf o‘quvchisi (2009 yilda tug‘ilgan) K.Ye. maktab yo‘lagida hushini yo‘qotgan. Dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramay, o‘quvchi vafot etgan.
Ayni paytda huquq-tartibot organlari tomonidan hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Yakuniy xulosalar rasmiy tekshiruvlar yakunlanganidan so‘ng e’lon qilinishi bildirildi.
Shu munosabat bilan jamoatchilikdan tekshiruv tugallanmaguncha tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslik, xolislik va qonun ustuvorligi tamoyillariga rioya qilish so‘raldi.
Mavzuga oid
18:53 / 11.03.2026
Bekobodda 11-sinf o‘quvchisi o‘ldirildi: gumonlanuvchilar qo‘shni maktab o‘quvchilari
10:22 / 06.03.2026
Navoiyda bir maktabning 23 o‘quvchisi muddatidan oldin talaba bo‘ldi
10:46 / 02.03.2026
“IELTS 9 ham yordam bermasligi mumkin” – AQShning 3 oliygohidan grant yutgan samarqandlik o‘quvchi Dilnura Toshtemirova
11:09 / 07.02.2026