Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi Qamçibek Taşiyev lavozimini tark etdi. Mamlakat prezidenti Sadir Japarov uning vakolatlarini muddatidan oldin tugatiş töğrisidagi farmonini imzoladi.
Uning uç örinbosari – Daniel Risaliyev, Qurbonbek Avazov hamda Elizar Smanov, şuningdek, Xavfsizlik kengaşi kotibi Rustam Mamasodiqov ham lavozimidan ozod etilgan.
Japarov bu qarorni «davlat manfaatlarini közlab, jamiyatda, jumladan, davlat tuzilmalari örtasida tarqoqlikka yöl qöymaslik, aksinça – birdamlikni mustahkamlaş maqsadida qabul qilgani»ni aytdi.
Öz navbatida, Taşiyev örniga Jumgalbek Şabdanbekov Vazirlar Mahkamasi raisi örinbosari – Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi.
Hozirda 55 yoşda bölgan Şabdanbekov 2020 yildan buyon mazkur qömita raisi örinbosari – qömitaning 9-xizmati (Davlat qöriqlaş xizmati) boşliği lavozimida işlab kelgan. 2022 yilda unga general-mayor unvoni berilgan.

Qamçibek Taşiyev 2020 yil 16 oktyabrida Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi etib tayinlangandi.
24.kg naşri Qamçibek Taşiyev va mamlakat prezidenti Sadir Japarov örtasidagi köp yillik munosabatlar har doim mamlakatdagi eng barqaror va nufuzli siyosiy ittifoqlardan biri sifatida qaralganini qayd etgan. Ularning hamkorligi hokimiyatga kelişdan ança oldin boşlangan: 2010-yillar boşlarida ular bir neça bor siyosiy jarayonlarda safdoş bölişgan, 2012 yilda bir epizod böyiça sudlangan, bu esa ularning şaxsiy aloqalarini yanada mustahkamlagan.
2020 yil oktyabridagi voqealardan keyin prezidentlikka kelgan Sadir Japarov Qamçibek Taşiyevni Milliy xavfsizlik davlat qömitasi rahbari etib tayinlaydi va u kuçişlatar blokning muhim tayançiga aylanadi.
Mamlakatdagi eng şov-şuvli işlarni aynan u nazorat qilgan, kuç siyosatini şakllantirgan va amalda prezident jamoasining eng yaqin işonçli vakili hisoblangan.
Ekspertlar ularning ittifoqini mamlakatning eng kuçli siyosiy dueti deb atagan va Qamçibek Taşiyev atrofidagi har qanday kadrlar özgarişiga hokimiyat konfiguratsiyasidagi jiddiy özgarişlar körsatkiçi sifatida qaralgan.
Sönggi paytlarda siyosiy doiralarda maxsus xizmat rahbari navbatdagi prezidentlik saylovlarida iştirok etişi mumkinligi haqida miş-miş tarqalgandi. Qamçibek Taşiyevning özi esa bir neça bor prezidentlik poygasida iştirok etiş niyatida emasligini va Sadir Japarovni qöllab-quvvatlaşini ta’kidlagan.












