Rossiyada 1 martdan boşlab çet ellik işçilarni işdan böşatiş uçun asoslar röyxatini kengaytiriş rejalaştirilmoqda. TASS tanişib çiqqan hujjatga köra, iş beruvçilar xorijiy işçi kuçini jalb qiliş böyiça mintaqaviy çeklovlar joriy etilgan taqdirda migrantlar bilan mehnat şartnomasini bekor qiliş huquqiga ega böladi.

Ilgari Mehnat kodeksi çet el fuqarolari bilan mehnat munosabatlarini faqat federal darajada çeklovlar örnatilgandagina töxtatişga ruxsat bergan. Yangi tuzatişlar uşbu röyxatga Rossiya Federatsiyasi sub’yektlari ma’muriyati tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni kiritişni nazarda tutadi.

Qonun loyihasiga tuşuntiriş materiallarida qayd etilişiça, 2025 yilda bunday çeklovlar bir qator hududlarda, jumladan, Moskva viloyati, Krasnodar ölkasi, Novgorod va Nijniy Novgorod viloyatlarida joriy etilgan. Mintaqaviy aktlar patent böyiça işlayotgan çet el fuqarolarining mehnatidan iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida foydalanişni taqiqlagan.

Şu bilan birga, iş beruvçilar huquqiy noaniqlikka duç kelmoqda: mintaqaviy taqiqlarga rioya qilmaslik 1 million rublgaça jarima yoki faoliyatni töxtatib qöyiş bilan tahdid solardi, çet ellik xodimni işdan böşatiş esa noqonuniy deb topilişi va qöşimça xavf tuğdirişi mumkin edi.

Taklif etilayotgan özgartirişlar, hujjatda ta’kidlanganidek, uşbu huquqiy böşliqni bartaraf etişga va mehnat qonunçiligini migratsiya bandligini mintaqaviy tartibga soliş amaliyotiga muvofiqlaştirişga qaratilgan.