Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Faol korxonalar soni bir yilda 9 foizga oshdi
2026 yil 1 fevral holatiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 572,7 mingtani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 47,6 mingtaga yoki 9 foizdan ortiq o‘sganini ko‘rsatadi.
Foto: Depositphotos
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil 1 fevral holatiga mamlakatda jami 572 666 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda.
Ko‘rsatkich 2025 yilning shu davriga nisbatan 47,6 mingtaga ko‘paygan bo‘lib, o‘sish sur’ati 9,1 foizni tashkil etgan.
So‘nggi yillar dinamikasiga nazar tashlansa (1 fevral holatiga):
- 2022 yil — 652 040 ta;
- 2023 yil — 687 166 ta;
- 2024 yil — 580 173 ta;
- 2025 yil — 525 036 ta;
- 2026 yil — 572 666 ta.
Statistik ma’lumotlar faol korxonalar soni 2024–2025 yillarda qisqarganidan so‘ng, 2026 yilda yana o‘sish trayektoriyasiga chiqqanini ko‘rsatmoqda.
Mutaxassislar fikricha, biznes muhitini yaxshilash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yangi sub’yektlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblarining soddalashtirilishi bu o‘sishga ta’sir ko‘rsatgan omillardan biri hisoblanadi.
Mavzuga oid
18:38
Ro‘yxatga olishda 8,3 million xonadonda yashovchi aholi qamrab olindi
12:25
2026 yilning ilk oyida O‘zbekistonda energoresurslar ishlab chiqarish qanday o‘zgardi?
11:29 / 28.02.2026
2025 yilda “parkovka” xizmatlari narxi 15,5 foizga oshdi
13:21 / 25.02.2026