Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 132,7 ming nafarga oshgan.

Toʻqqiz oy davomida Qirgʻizistonga 2 million 716 mingdan ziyod oʻzbekistonlik borgan. Bu Qozogʻiston va Tojikistonga safar qilganlar sonini qoʻshib hisoblaganda ham koʻproq.

Qozogʻistonga 1 million 65 mingdan ortiq, Tojikistonga esa qariyb 984 ming nafar fuqaro safar qilgan. Uch qoʻshni davlat boʻyicha jami koʻrsatkich 4 million 765 ming nafardan oshadi.

Oʻzbekiston fuqarolari eng koʻp borgan oʻnta davlat:

  • Qirgʻiziston - 2 716 447 nafar;

  • Qozogʻiston - 1 065 155 nafar;

  • Tojikiston - 983 724 nafar;

  • Rossiya - 281 571 nafar;

  • Turkiya - 239 376 nafar;

  • Saudiya Arabistoni - 209 112 nafar;

  • Birlashgan Arab Amirliklari - 64 770 nafar;

  • Xitoy - 58 531 nafar;

  • Misr - 45 583 nafar;

  • Vetnam - 36 347 nafar.

Qoʻshni uch davlatdan keyingi oʻrinlarda Rossiya, Turkiya va Saudiya Arabistoni joylashgan. Janubi-sharqiy Osiyodan Vetnam ham eng koʻp borilgan yoʻnalishlar oʻntaligiga kirgan.