Atoqli davlat va jamoat arbobi, taniqli mehnat faxriysi Qallibek Kamalov şu yil 11 fevral kuni 100 yoşida vafot etdi. Prezident matbuot xizmati uning vafoti munosabati bilan hamdardlik e’lon qildi.
«U köp yillik serqirra mehnat faoliyati davomida boy bilim va tajribasi, rahbarlik salohiyati, yuksak insoniy fazilatlari, Vatanimizga beqiyos mehri va sadoqati bilan el-yurt qalbidan çuqur joy olgan uluğ inson edi. Uning bevosita rahbarligida Qoraqalpoğiston Respublikasini har tomonlama taraqqiy ettiriş, mavjud murakkab iqlim şaroitida paxtaçilik, ğallaçilik, çorvaçilik va boşqa qişloq xöjaligi tarmoqlarini, şuningdek, sanoat va işlab çiqarişni ravnaq toptiriş, aholining turmuş darajasini yaxşilaş böyiça salmoqli işlar amalga oşirildi.
Qallibek Kamalov sönggi yillarda Qoraqalpoğiston Respublikasi nuroniylar jamoatçilik kengaşi raisi sifatida keksalar va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş, ularning manfaatlarini röyobga çiqariş, jamiyatda tinçlik, mehr-oqibat, bağrikenglik va hamjihatlik muhitini mustahkamlaş, yoşlarni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaş borasidagi işlarda faol iştirok etib keldi.
Atoqli davlat va jamoat arbobi, yoşlarning mehribon ustozi, samimiy va kamtarin inson Qallibek Kamalovning xotirasi qalblarimizda doimo saqlanib qoladi», – deyiladi ta’ziya matnida.
Qallibek Kamalov 1926 yil 18 martda Qoraqalpoğistonning Taxtaköpir tumanida tuğilgan. Örta maktabni tugatib, harbiy xizmatni ötab bölgaç, 1955 yilda Nukus davlat universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini Qoraqalpoğiston Respublikasi yoşlar qömitasi kotibi lavozimidan boşlab, keyinçalik turli yillarda Qoraqalpoğiston ASSR Vazirlar Kengaşi raisining örinbosari, Nukus şahar ijroiya qömitasi raisi, kommunal xöjaligi vaziri, respublika avtomobil transporti va avtomobil yöllari vaziri bölgan.
1958–1959 yillarda Özbekiston Kompartiyasi Qoraqalpoğiston qömitasi kotibi, 1959–1963 yillarda Qoraqalpoğiston ASSR Vazirlar Kengaşi raisi, 1963–1984 yillarda Özbekiston Kompartiyasi Qoraqalpoğiston qömitasining birinçi kotibi bölib işlagan.
1984–1986 yillarda SSSRning Konstansa (Ruminiya) şahridagi boş konsuli bölgan.
1987 yilda «paxta işi» böyiça qamoqqa olingan. 1989 yil oxirida 15 yilga ozodlikdan mahrum qilingan va Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni hamda boşqa köplab mukofotlardan mahrum qilingan. Keyinçalik u iş böyiça boşqa mahkumlar kabi afv etilgan.












