Yevropa kengaşi vazirlar qömitasi amerikalik moliyaçi Jyeffri Epşteyn işi böyiça hujjatlar e’lon qilinganidan keyin Norvegiyada boşlangan tergov munosabati bilan Norvegiyaning sobiq boş vaziri va Yevropa kengaşining sobiq boş kotibi Turbyorn Yaglanddan immunitetni olib taşladi.

Bu qaror “Norvegiya adliya tizimi öz işini bajarişiga, Yagland janoblari esa ayblov qöyilgan taqdirda özini himoya qilişiga” imkon beradi, dedi Yevropa kengaşining amaldagi boş kotibi Alen Berse 11 fevral, çorşanba kuni. Yaglandning advokati esa mijozi bu işga jiddiy qaraydi, deb javob berdi, biroq “jinoiy ta’qibga aloqador heç qanday dalil yöq”ligini ta’kidladi.

Bundan oldin Norvegiya politsiyasining iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraş bölimi — Oekokrim Yaglandga nisbatan oğir korrupsiya jinoyatlariga oid şubhalar mavjudligi sabab tergov boşlagan.

“Ommani xabardor qilingan hujjatlar qamrab olgan davrda u Norvegiya Nobel qömitasi raisi va Yevropa kengaşi boş kotibi lavozimlarini egallagani uçun tekşiruv ötkazişga jiddiy asoslar bor, deb hisoblaymiz”, — dedi Oekokrim rahbari Paal Lyoset. U tergov boşlanişiga Epşteyn işi böyiça yangi e’lon qilingan materiallardagi ma’lumotlar asos bölganini tuşuntirdi. Hozirça Yaglandga nisbatan heç qanday ayblov qöyilmagan.

Norvegiyaning Verdens Gang gazetasi (Epşteyn işi materiallarida Yaglandga doir qismni örganib çiqqan) xabariga köra, Yaglandda Jyeffri Epşteyn tomonidan kvartira xaridi uçun kafolat bölgan. Şuningdek, siyosatçi bir neça marta Epşteynning Nyu-York va Parijdagi kvartiralarida tunagan. AFP agentligi yozişiça, 2014 yilda Yagland va uning oilasi Epşteynning oroliga safar rejalaştirgan, ammo keyinçalik u bekor qilingan.

Yaglandning ta’kidlaşiça, Epşteyn bilan aloqalari “odatiy diplomatik faoliyat”ning bir qismi bölgan. Fevral oyi boşida u Aftenposten gazetasiga bu munosabatlarni saqlab qolgani “xatolik” bölganini tan olgan.

Yagland Norvegiya boş vaziri lavozimida 1996–1997 yillarda işlagan, 2009–2015 yillarda Nobel tinçlik mukofotini beriş qömitasi raisi bölgan, 2009–2019 yillarda esa Yevropa kengaşi boş kotibi vazifasini bajargan.