AQŞning birinçi xonimi Melaniya Tramp payşanba kuni Oq uyda jurnalistlar qarşisiga çiqib, göyoki uni bölajak turmuş örtoği Donald Tramp bilan aynan Epşteyn taniştirgani haqidagi miş-mişlar – uning obrösini tökişga qaratilgan ğarazli urinişlar ekanini aytdi.
Bundan taşqari, Melaniya Tramp Kongressda Epşteyn tomonidan jinsiy ekspluatatsiya qurboni bölganlar iştirokida tinglovlar ötkazişga çaqirgan.
Melaniya Tramp nega aynan şunday çiqiş qilgani ma’lum emas. Birinçi ledining idorasi jurnalistlarni tayyorlanayotgan bayonot haqida oldindan xabardor qilmagan.
Melaniya Tramp Epşteyn bilan deyarli taniş bölmagani va u bilan yöllari faqat 2000 yilda qisqa muddatga kesişgani haqida gapirgan.
Melaniya Trampning aytişiça, u Donald Tramp bilan 1998 yilda Nyu-Yorkdagi keçki ziyofatlardan birida tanişgan, Epşteyn bilan esa faqat ikki yil ötib, boşqa bir ziyofatda körişgan, u öşa yerga Tramp bilan borgandi.
U şuningdek Epşteynning jinsiy ekspluatatsiyasi qurbonlaridan biri emasligini va uning qiziqişlari haqida heç narsa bilmaganini aytgan.
«Men Epşteyn öz qurbonlari bilan qanday munosabat qilişi haqida heç narsa bilmaganman. Men bunga heç qanaqasiga aloqador bölmaganman. Men bunda iştirok etmaganman», – deydi u.
Melaniya Tramp «özini şarmandali Jyeffri Epşteynga boğlaydigan yolğonlarni bugunoq töxtatiş»ni talab qilgan va bunday yolğonlarni tarqatuvçilarni «axloqiy prinsiplar, xokisorlik va hurmatdan mahrum bölgan ğarazli kimsalar» deb atagan.
Melaniya Tramp jamoatçilik qarşisida kamdan kam köriniş beradi va Oq uyda deyarli çiqişlar qilmaydi. Uning payşanba kungi bayonoti turmuş örtoği Oq uyga qaytganidan keyin özini nufuzli, şu bilan birga, yopiq şaxs sifatida tutayotgan birinçi xonimning iş grafigidagi kam uçrovçi tadbirlardan biri böldi.
Donald Tramp ham muxbirlarga bergan izohida rafiqasi Epşteyn bilan taniş bölmaganini ma’lum qilgan.
Uning özi qaysidir muddat davomida Epşteyn bilan aloqa qilgani, ammo uning qilmişlaridan xabar topgaç, uni öz qarorgohidan quvib yuborganini aytgan.
Trampning ismi «Epşteyn fayllari»da köp marta tilga olingan, ammo ularda Tramp qandaydir ğayriqonuniy işlarni sodir etgani böyiça guvohliklar yöq.














