AQŞ prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi “dahşatli vaziyat”ni “töliq anglab turibdi”, dedi NATO boş kotibi Mark Ryutte 11 fevral, çorşanba kuni Bryusselda bölib ötgan matbuot anjumanida. U DW'ning “Amerika ma’muriyati Ukrainaga bölayotgan bosimning hozirgi kölamini tuşunyaptimi?” degan savoliga şunday javob berdi.

Bu savolga va qöşimça ravişda — Ryutte Ukrainaga safari paytida körganlarini Tramp bilan muhokama qilganmi va qandaydir fikr-mulohaza olganmi, degan savolga ham ikki marta “ha” deb javob qaytardi. Ammo u ular nimalar haqida gaplaşganini “heç qaçon oşkor qilmasligi”ni ta’kidladi. Boş kotibning aytişiça, AQŞda Ukrainada nima bölayotgani haqida “mutlaq aniqlik” bor, Ryutte va Trampning muntazam suhbatlarida ular “nima bölayotgani” va “nima körayotgani” haqida axborot almaşib turadi. “Bu bizning doimiy muloqotlarimiz bir qismi”, — deb qöşimça qildi u.

Şu bilan birga, Ryutte Ukraina safari yakunlari böyiça Trampga aynan nima deganini va AQŞ prezidentining reaksiyasi qanday bölganini aniq aytmadi. U, şuningdek, bu muhokamalar Vaşingtonning Ukrainaga kelgusidagi qöllab-quvvatlaş masalasidagi pozitsiyasiga ta’sir qilgan-qilmagani haqida ham ma’lumot bermadi.

Bu qişda, NATOning yuqori lavozimli amaldorlari bahosi böyiça, Rossiya Ukraina şaharlari va muhim infratuzilmaga hujumlarni sezilarli darajada kuçaytirgan. Umuman olganda, 2025 yilda RF taxminan 55 000 ta hujumkor dronni uçirgan — bu 2024 yilga nisbatan taxminan 5 baravar köp.

Bryusseldagi brifingda alyansning yuqori lavozimli vakili Ukraina energetikasidagi vaziyatni öta xavotirli deb atadi va Rossiya harbiy jihatdan “kam ahamiyatga ega yoki umuman ahamiyatga ega bölmagan” fuqarolik energetika obektlariga zarbalar berişda davom etayotganini qayd etdi.

NATOning boşqa bir yuqori lavozimli amaldori “Rossiya hujumining susayişi kuzatilmayapti”, deb bildirdi va ballistik hamda qanotli raketalar, şuningdek uzoq masofali dronlar qöllangan havo hujumlari kuçayganini aytdi. Bu hujumlar aholini elektr va issiqlikdan mahrum qiliş, şuningdek transport va turar joy hududlariga zarba berişga qaratilgan. NATO ma’lumotlariga köra, 2025 yil davomida frontorti hududlarga raketalar va dronlar bilan qilingan hujumlar soni ikki baravardan köp oşgan.