Markaziy Osiyo davlatlari Rossiyaga qarşi sanksiyalarga rioya qilişda Yevropa Ittifoqini qöllab-quvvatlaşi, şuningdek, Ukraina tomonida bölişi kerak. Bu haqda Germaniya taşqi işlar vaziri Yohan Vadeful Turkmaniston, Tojikiston, Qirğiziston, Özbekiston va Qozoğiston taşqi işlar vazirlari bilan uçraşuv oldidan ma’lum qildi, deb yozdi n-tv.

Vadefulning aytişiça, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarşi uning «harbiy maşinasi»ni jilovlaş uçun keng kölamli sanksiyalar joriy qilgan. Ammo Markaziy Osiyo davlatlari «Rossiyaga Yevropa çeklovlarini çetlab ötişga imkon bermoqda».

«Bugun men aniq aytmoqçiman: uşbu sanksiyalarni çetlab ötişga urinişlar Rossiyaning bosqinçilik uruşini qöllab-quvvatlaydi va şu tariqa Yevropa Ittifoqi xavfsizligi manfaatlariga bevosita tahdid soladi», dedi Vadeful.

11 fevral kuni Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Berlinda Germaniya taşqi işlar vaziri Yohan Vadeful bilan uçraşdi. Unda strategik hamkorlikni kengaytiriş masalalari yuzasidan muzokaralar olib borilgani haqida xabar berildi.

«Savdo, energetika va mintaqaviy barqarorlik kabi muhim yönalişlarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirişni maqsad qilganmiz. Şuningdek, bölajak sammitlar va Özbekiston-Germaniya işbilarmonlar kengaşi kabi taşabbuslar orqali iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaş muhimligini alohida ta’kidladik. Hamkorligimizni yanada ilgari surişni hamda yaqin kelajakda hamkasbimni Toşkentda qutlaşni intiqlik bilan kutamiz», deb yozdi Baxtiyor Saidov.