O‘zbekiston | 11:38 / 13.02.2026
3049
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Ohangaron tumaniga tashrif buyuradi

Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Ohangaron tumaniga tashrif buyurib, elektrotexnika sanoati texnoparkidagi korxonalar faoliyati bilan tanishadi. Shuningdek, davlat rahbari raisligida tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, tashrif davomida elektrotexnika sanoati texnoparkidagi ishlab chiqarish quvvatlari, korxonalar faoliyati va sohadagi amaliy natijalar bilan tanishiladi.

Shu bilan birga, prezident raisligida bo‘ladigan videoselektor yig‘ilishida tarmoq va hududlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini oshirish, mavjud imkoniyatlarni ishga solish hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid