Butun dunyo hamon amerikalik pedofil Epşteynning fayllarini muhokama qilmoqda. Amerika Adliya vazirligi şunaqa köp ma’lumot e’lon qildiki, xuddi kimningdir nomini çalkaş, uydirma va ustiga qora tortilgan haqiqatdan iborat 6 million sahifa içiga kömmoqçi bölişganday.

Bugun pedofil işidagi fahş mavzusiga emas, undagi siyosiy epizodlarga e’tibor qaratamiz. Fayllarda juda katta nomlar, juda jiddiy taşkilotlar haqida söz boradi. Epşteyn josus bölgani, qaysidir davlat uçun kompromat töplagani haqida versiyalar ham köpaydi. Bunga ham töxtalamiz.

Sobiq va bölajak prezidentlar

Örtamiyona moliyaçi bölgan Epşteyn bu sohada ham nimanidir qoyillatgani aniq emas. Şunday bölsa-da, Amerikaning eng oldi odamlari bilan taniş bölgan. Yetmaganiga boşqa davlat rahbarlari, milliarderlar, razvedka taşkilotlari bilan aloqa örnatgan. Fayllarda nomi tilga olingan odamlar köpligidan ularni alifbo tartibida joylab çiqişyapti. Keling, biz ham ba’zi nomlarga e’tibor qaratamiz.

Anil Ambani — Hindistonning eng boy odamlaridan biri. Dunyo iqtisodiy inqirozdan endi çiqqan 2010 yillarda bu odamning 14 milliard dollarga yaqin puli bölgan. Anil Ambani hindistonlik boşqa bir maşhur milliarder Mukeş Ambanining ukasi. Fayllarga köra, Epşteyn milliarder Ambani bilan 2015 va 2017 yillarda yozişgan. Ularni BAAlik milliarder, dunyodagi eng yirik port operatorlaridan biriga egalik qiluvçi Sulton Ahmad ibn Sulayyem taniştirgan. Bu maşhur arab milliarder Epşteyn bilan qalin bölgan, uning uyida arabça ovqat tayyorlayotgani tasvirlangan rasm ham bor.

Ambani Epşteyndan Hindiston va AQŞ örtasidagi harbiy hamkorlikni yaxşilaş uçun Oq uy bilan munosabat örnatişda yordam söragan. Öşa vaqt AQŞ prezidenti kim bölgani esingizdadir — Donald Tramp. Ambani moliyaçidan Hindiston rahbariyati vakillari uçun Trampning kuyovi Jared Kuşner hamda prezident maslahatçisi Stiv Bennon bilan uçraşuv taşkil qilib berişni ham söragan. Ular ikkisi 2019 yil moliyaçining Manhettendagi uyida uçraşgan. Öşa kuni Epşteyn Trampning asosiy maslahatçisi Bennonga «Modi böyiça yaxşi suhbat ötkazgani» haqida yozgan.

Işning qançalik jiddiy ekanini tuşuniş uçun mana şu epizodning özi yetarli. Butun boşli davlatlar Epşteyndan AQŞ rahbariyati vakillari bilan uçraşuv taşkil qiliş, hatto harbiy hamkorlik böyiça yordam söragan. Bu pedofil kim ediki bunaqa katta masalalarni hal qilgan bölsa?

Barak Ehud — Isroil sobiq boş vaziri, 6 yil mudofaa vaziri ham bölgan. Yozişmalardan birida Epşteyn Isroil sobiq yetakçisiga «Sen mening Mossadga işlamasligim haqida aniq aytişing kerak», deb yozgan. Gap oxiriga smaylik ham qöygan. Epşteyn bilan yana bir yozişmada Isroil sobiq boş vaziri Ehud dösti Larri Sammers AQŞ Federal zaxira tizimi rahbari lavozimiga nomzodi qöyilişidan boş tortgani, «bu dösti uçun jiddiy zarba bölganini» aytgan.