Toşkent şahrida Li 9 va BYD’ning özaro töqnaşuvi maşinalar çidamliligini emas, köproq Toşkent şahar sudlaridagi odil sudlovni sinovdan ötkazmoqda: dastlabki sud Li 9 katta tezlikda kelib urgan BYD maşinasi haydovçisi zimmasiga 798 mln söm moddiy zararni yuklab qöygandi, apellyatsiya sudi uşbu qarorni bekor qilib, işni suriştiruvga qaytarib yubordi.

2025 yil 30 sentabr kuni Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanida BYD va Lixiang L9 maşinalari özaro töqnaşişi oqibatida yöl-transport hodisasi sodir bölgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan foto va videolarda YTH oqibatida Li 9 maşinasi parçalanib ketgani aks etgan.

Uşbu YTH bilan boğliq ma’muriy iş JIB Mirzo Uluğbek tuman sudida körib çiqilgan. Sudning 2025 yil 23 dekabrdagi qarorida keltirilişiça, BYD boşqaruvida bölgan D.R öz harakat yönalişini öngdan çapga özgartirişi çoğida F.J. boşqaruvidagi Li 9 maşinasi bilan töqnaşuv sodir qilgan.

Sud hujjatida BYD haydovçisi «Yöl xarakati qoidalari»ning 53-bandi, ya’ni «haydovçi harakatlanişni boşlaş, manyovr qiliş (qayta tiziliş, buriliş, qayrilib oliş, quvib ötiş va aylanib ötiş) va töxtaşdan oldin bajarilayotgan manyovr boşqa yöl harakati iştirokçilarining harakatlanişiga xavf tuğdirmasligi kerak» degan talablarni buzgani keltirilgan.

Mazkur yöl-transport hodisasi BYD maşinasidagi kamerada yozib olingan. Unda BYD 60-62 km/soat tezlikda harakatlanib ketayotgan bölgani, Li 9 esa katta tezlikda kelib, öz yönalişini özgartirgan BYD’ga tegib ötgani va ağdarilib ketgani aks etgan.

Sud ekspertiza markazining 2025 yil 1 dekabrdagi sudga oid avtotexnika ekspertiza xulosasida YTH paytida Li 9 maşinasining tezligini ekspertiza orqali aniqlaş imkoniyati yöqligi, «BYD maşinasi 2-3 metrdan yönalişini çapga özgartirgan bölsa, uşbu vaziyatda Li 9 avtomobili 60 km/soat tezlikda harakatlanişi natijasida yöl transport hodisasi oldini olişning texnik imkoniyati mavjud emasligi» keltirilgan. 

Sud qarori bilan BYD haydovçisiga 2 mln 60 ming söm jarima qöllangan hamda undan Li 9 haydovçisi foydasiga 798 mln söm moddiy zarar undiriş belgilangan. Li 9 haydovçisi esa suğurta polisini olib yurmagani uçun 206 ming söm jarimaga tortilgan.