Toşkent şahri Sergeli tumanida Lacetti YTH oqibatida ikkiga bölinib ketdi. Holat aks etgan tasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Unda Lacetti ikkiga bölinib ketgani, Leapmotor C 16 esa old tomonidan jiddiy şikastlanganini köriş mumkin.
Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati xabar qilişiça, hodisa 15 fevral kuni soat 09:00 larda Qipçoq-Quruvçilar köçalari çorrahasida sodir bölgan.
YTH oqibatida Lacetti haydovçisiga va bekatda turgan bir nafar piyodaga şifokorlar tomonidan birinçi tez tibbiy yordam körsatilgan.
Ayni paytda holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.












