Taqdimotda ta’kidlanişiça, davlat rahbari taşabbusi bilan birinçi milliy kosmonavtni tayyorlaş va uni fazoga uçiriş strategik vazifa sifatida belgilangan.

– Bu şunçaki ramziy qadam emas, balki mamlakatimiz ilmiy salohiyati, yoşlarimiz orzusi va milliy ğururimiz ifodasi böladi, – dedi prezident.

Milliy fazogirni qisqa muddatga – 10-14 kunlik parvozga tayyorlaş taklif qilindi, bunday parvozlarni taşkil etiş böyiça xalqaro hamkorlik istiqbollari körib çiqildi.

Kosmonavtni fazoga uçiriş aniq ilmiy dasturni amalga oşiriş bilan uzviy boğlangan bölişi zarurligi qayd etildi. Zero, bu yutuq mamlakatimizning xalqaro nufuzini oşirişi bilan birga ilmiy salohiyatni rivojlantiriş, yangi loyiha va texnologik taşabbuslarning paydo bölişi, yoşlarning fan va texnologiyalarga qiziqişi ortişiga xizmat qilişi kerak.

Özbekiston kosmonavti fazoda bölişi doirasida olib borilişi mumkin bölgan tadqiqotlar yönalişi sifatida tibbiyot va biologiya (masofaviy taşxis qöyiş, mahalliy dorivor ekstraktlar samaradorligini örganiş), ösimliklar genetikasi (qurğoqçilik va şörlanişga çidamli navlarni sinaş, yopiq agrobiotizimlar modeli), materialşunoslik (issiqlikni töplaş va boşqariş uçun materiallar, mato va tolalarni sinovdan ötkaziş) taklif qilindi.

2028 yilda Samarqand şahrida kosmos böyiça xalqaro kongress ötkaziş masalalariga ham töxtalib ötildi. Unda AQŞ, Yevropa, Xitoy, Hindiston, Rossiya va boşqa davlatlarning yetakçi kosmik taşkilotlari iştirok etişga qiziqiş bildirgan. Mas’ullarga uşbu xalqaro tadbirga yuksak saviyada tayyorgarlik köriş topşirildi.

Taqdimot yakunida Şavkat Mirziyoyev milliy fazogirni tayyorlaş böyiça hisob-kitob hamda amaliy takliflarni puxta işlab çiqiş böyiça mutasaddilarga tegişli topşiriqlar berdi.