15 fevral kuni Isroil hujumlari oqibatida Ğazo sektorining turli hududlarida kamida 12 nafar falastinlik halok böldi va yana bir neça kişi jarohatlandi.

The Guardian’ning Ğazo fuqarolik mudofaasiga tayanib yozişiça, şimoldagi Jabaliya şahrida çodirga berilgan havo zarbasi oqibatida beş kişi halok bölgan va yana bir neça kişi jarohat olgan.

«Isroil sulh yoki vaqtinçalik tinçlik nima ekanini tuşunmaydi», - dedi Jabaliyadagi hujumda jiyanidan ayrilgan Osama Abu Askar. Uning aytişiça, halok bölganlar uxlab yotgan paytda zarba ostida qolgan.

Xon Yunusda esa tong saharda alohida zarba oqibatida yana beş kişi halok bölgan. Şuningdek, Ğazo şahrining janubi-ğarbida joylaşgan Tal al-Hava hududida fuqarolar töplangan joyga Isroil zarbasi berilişi oqibatida yana bir falastinlik halok böldi va boşqalar jarohatlandi.

Şimoliy Ğazodagi Beyt Lahia aylanma yöli yaqinida ham Isroil zarbasi yana bir kişini öldirib, uç kişini jarohatlagan.

AQŞ vositaçiligida tuzilgan va ötgan oy ikkinçi bosqiçiga kirgan sulhga qaramay, Ğazoda zöravonlik davom etmoqda.

«Oxirgi soatlarda Isroil mudofaa kuçlari keça Beyt Hanun hududida HAMAS sulh bitimini oçiqçasiga buzganiga javoban zarbalarni boşladi,» deya Isroil harbiy rasmiysining sözlarini keltirmoqda Reuters.

Rasmiyga köra, qurolli şaxslar sulhga muvofiq hududlarni ajratib turuvçi «Sariq çiziq»ning Isroil tomonidagi tunnel içidan çiqib kelgan.

Foto: Reuters

Aslida Isroil sulh kelişuviga köra qöşinlarni olib çiqişi nazarda tutilgan bölsa-da, «sariq çiziq» bir tomonlama ravişda Ğazo içkarisiga çuqurroq kirib borgan. Hamas esa qurolni taşlaş talablarini hozirça rad etib kelmoqda. Agar HAMAS qurolini taşlamasa, Isroil ularni majburan qurolsizlantirişga töğri kelişini aytgan.