Jyeffri Epşteyn vafot etganiga olti yildan oşdi, ammo u jinsiy qullikka soliş maqsadida odam savdosini taşkil etişda ayblangan jinoiy iş – AQŞ siyosiy hayotidagi asosiy mavzuga aylandi. Epşteynning biografiyasidagi köp jihatlar noaniq. Asosiy sirlardan biri – u Karib dengizida ikki orol sotib olişga imkon beradigan boylikni qanday qilib orttirgani bilan boğliq. Bu borada fitna nazariyalari ham bor – masalan, bunday nazariyalardan birida u Amerika, Isroil yoki yana qaysidir davlatning maxfiy agenti ekani va pulni ulardan olgani taxmin qilinadi. The New York Times Magazine uning karerasini batafsil tadqiq qilgan: jurnalistlar uni tanigan köplab odamlar bilan suhbatlaşgan, köplab rasmiy hujjatlarni, jumladan, sud hujjatlarini örgangan, naşr qilinmagan köplab intervyular va yozuvlarni, şu jumladan, şaxsiy kundalik va yozişmalarini körib çiqqan. Naşr konspirologiyani bir çetga surib qöyiş mumkin degan xulosaga kelgan: uning boylik orttirişi omad kelişi, kerakli aloqalarni örnata olişi va qonun çegarasida yoki undan taşqarida ham harakat qilişga tayyor bölgani bilan izohlanadi. Quyida The New York Times Magazine materialining asosiy joylari keltiriladi.

Jyeffri Epşteyn 1953 yilda Nyu Yorkning Bruklin tumanidagi oddiy oilada dunyoga kelgan. Uning onasi maktab öqituvçisi, otasi – şahar xiyobonlari boşqarmasida boğbon bölib işlagan. Yoşligidanoq unda matematika va musiqaga qobiliyati borligi, şuningdek, boylikka öçligi ma’lum bölgan. U Kuper-Yunion kolleji hamda Nyu York universitetining Kurant matematik fanlar institutida öqiydi, ammo ikkisini ham tamomlamasdan taşlab ketadi.

1974 yildan 1976 yilga qadar Jyeffri Epşteyn (bu vaqtlarda u 21-23 yoşlarda edi) Manhettendagi nufuzli Dalton maktabida matematika va fizikadan dars beradi. Maktab rahbariyati unga öqituvçi sifatida katta baho bermagan, ammo u öquvçilar hamda yoş ayol xodimlar orasida maşhur edi. 1976 yil boşlarida u öquvçilardan birining ota-onasi taklifiga köra Manhettendagi san’at galareyasidagi ziyofatga taşrif buyuradi. Bu yerda uni Bear Stearns investbanki top-menejeri Eys Grinbergga matematik daho sifatida taniştirişdi. Tez orada Epşteyn Bear Stearns kompaniyasiga işga ötadi va Grinbergning qizi bilan uçraşişni boşlaydi.

Epşteyn rezyumesida oliy ma’lumot haqidagi diplomi borligini körsatib aldagan. Bu oşkor bölganida esa, u sözsiz iqror böladi va bu harakatini şunday izohlaydi: «Diplomsiz heç qanday imkonim bölmasligini yaxşi bilardim». Bear Stearns rahbariyati uni keçiradi.