Raqobat qömitasining ma’lum qilişiça, bu prezident tomonidan Ramazon kunlarida içki bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlaş çoralarini köriş haqida berilgan topşiriq doirasida amalga oşirilmoqda.

Qayd qilinişiça, Raqobat qömitasi Ramazon oyida talab keskin oşadigan ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlaş böyiça çakana savdo tarmoqlari va hududlardagi savdo komplekslariga yetkazib beruvçi korxonalar tomonidan narxlarni özgartirişi, logistika xarajatlari va boşqa narxning oşişiga olib kelişi mumkin bölgan omillar töğrisida tezkor xabardor qilib boriş, hamda ta’minotçilarni narxlarni asossiz oşirişga yöl qöymaslik yuzasidan ogohlantirib boriş böyiça körsatmalar yuborgan.

Raqobat qömitasi ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlaş borasida barça zarur çoralarni körib borişini ma’lum qildi.