Özbekiston prezidentining 2025 yil 1 iyuldagi «Tasviriy va amaliy san’at sohasini yanada rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qaroriga muvofiq san’at sohasida alohida xizmat körsatgan atoqli ijodkorlar xotirasini abadiylaştiriş maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi işlab çiqildi.
Loyihaga köra, Badiiy akademiya tizimidagi ixtisoslaştirilgan san’at maktablari va maktab-internatlarining davlat tili qoidalariga muvofiqlaştirilgan nomlari hamda ularga berilgan atoqli ijodkorlar nomlari tegişli ilovalarga muvofiq tasdiqlanadi. Normativ-huquqiy hujjatlar, iş yuritiş materiallari, xaritalar va xizmat yozişmalarida mazkur qaror bilan tasdiqlangan nomlardan foydalaniş belgilanadi.
Hujjatga muvofiq, Özbekiston Badiiy akademiyasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari uç oy muddatda qator taşkiliy çoralarni amalga oşiradi. Jumladan, özgartirilgan ta’lim muassasalari nomlarini davlat röyxatidan ötkaziş, iş yuritiş hujjatlariga tegişli özgartirişlar kiritiş, peşlavhalar va axborot körsatkiçlaridagi yozuvlarni davlat tili me’yorlariga muvofiq lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosida rasmiylaştiriş ta’minlanadi.
Şuningdek, san’at maktablari va maktab-internatlarda atoqli ijodkorlar hayoti va ijodiy faoliyatiga bağişlangan ma’rifiy tadbirlar, körgazmalar va uçraşuvlarni muntazam taşkil etiş rejalaştirilgan.













