AQŞ boş prokurori Pem Bondi moliyaçi Jyeffri Epşteyn işi bilan boğliq hujjatlarda tilga olingan 300 nafar siyosatçi va taniqli arboblar röyxatini e’lon qildi, deb xabar berdi The New York Post.
300 kişi orasida prezident Donald Tramp, sobiq prezident Barak Obama va uning rafiqasi Mişel Obama, Microsoft asosçisi Bill Geyts, aktyor Bill Kosbi, aktyor Robert De Niro, sobiq prezident Bill Klinton va uning rafiqasi Hillari Klinton bor.
Şuningdek, hujjatlarda Britaniya şahzodasi Garri, rejissyor Vudi Allen, sobiq vitse-prezident Kamala Harris, Meta asosçisi Mark Tsukerberg, xonanda Bryus Springstin, tadbirkor Ilon Mask, Rim papasi Ioann Pavel II, siyosatçi Nensi Pelosi, Vakillar palatasidagi ozçilik yetakçisi Hakim Jyeffris, aşulaçi Bono, xonanda Beyonse va boşqalar bor.
Uşbu şaxslar ismi-şarifining fayllarda tilga olinişi heç qanday noqonuniy harakatlarni yoki hatto Epşteyn bilan bevosita aloqani nazarda tutmaydi, deb tuşuntirdi naşr.
Ularning ba’zilari Epşteyn yoki uning şerigi Gisleyn Maksvell bilan elektron poçta orqali keng kölamli yozişmalarga ega bölgan, boşqalari esa «hujjatning Epşteyn va Maksvell işiga aloqasi yöq qismida» tilga olingan.
AQŞ Adliya vazirligi 19 dekabrgaça Epşteyn fayllarining şaffofligi töğrisidagi qonunga muvofiq, marhum taniqli jinsiy jinoyatçi Jyeffri Epşteyn bilan boğliq barça materiallarni e’lon qilişi kerak edi.
Adliya vazirligi ma’lumotlariga köra, yuzlab huquqşunoslardan iborat jamoa 6 million sahifaga yaqin hujjatlarni örganib çiqqan va öta qisqa muddatdan bir neça hafta ötgaç, 3,5 million sahifadan ortiq materiallarni e’lon qilgan.














