Ozarboyjon Kiyevdagi elçixonasining koordinatalarini Rossiya tomoniga oldindan taqdim etgan bölsa ham, diplomatik vakolatxona atrofida zarbalar qayd etilgan. Ilhom Aliyev Moskvani uç martalab qasddan zarba berganlikda aybladi. Holat yuzasidan Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida siyosatşunoslar söz yuritdi.
Anvar Yöldoşev: Myunxen konferensiyasida Ilhom Aliyev bu masala yuzasidan e’tiroz bildirdi va bundan norozi ekanini oçiq aytdi. Unga köra, Ozarboyjon avvaldan Rossiyaga öz elçixonalarining joylaşuvi va aniq koordinatalarini taqdim etgan. Rossiya tomoni esa Myunxendagi uçraşuvdan avval Ozarboyjonga berilgan rasmiy ma’lumotni eslatdi. Ularning ta’kidlaşiça, zarbalar faqat harbiy obektlar va energetika infratuzilmasiga qaratilgan, Ozarboyjon yoki boşqa davlatlar elçixonalari nişonga olinmagan.
Şuningdek, Rossiya elçixona majmuasiga yetkazilgan zarar töğridan töğri raketa zarbasi natijasida emas, balki Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan raketa urib tuşirilişi oqibatida yuzaga kelganini bildirdi. Ya’ni raketa HHM tomonidan urib tuşirilgan va uning parçalanişi oqibatida zarar yetgan.
Albatta, bu Rossiyaning rasmiy pozitsiyasi. Hozirça raketaning bevosita urilgani yoki HHM aralaşuvi natijasida qulagani masalasida aniq va mustaqil tasdiqlangan xulosa yöq. Ommaviy axborot vositalarida Ozarboyjonning Ukrainaga körsatayotgan yordami sabab Rossiya ataylab ogohlantiriş bergan bölişi mumkinligi haqida ham taxminlar bor. Biroq mening fikrimça, Rossiya elçixonalarga ataylab zarba berişni maqsad qilgan degan da’voni tasdiqlovçi dalillar hozirça mavjud emas.
Kamoliddin Rabbimov: Menimça, bu tasodifiy zarba emas. Kiyevda önlab elçixonalar bor, ehtimol 70–100 taga yaqin. Dunyo davlatlari sonini hisobga olsak, ularning katta qismi Ukrainada diplomatik vakolatxonaga ega. Şunday ekan, zarba aynan Ozarboyjon elçixonasi hududiga uç marta töğri kelgani tabiiy savol uyğotadi. Buni oddiy tasodif deb izohlaş qiyin. Hatto Rossiya propagandasiga yaqin ayrim manbalar ham bir safar hodisa yuz berganini tan olgan.
Agar kimdir ataylab provokatsiya qilmoqçi bölsa, yirik davlatlar: AQŞ, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya yoki Polşa elçixonalarini nişonga oliş orqali katta siyosiy rezonans keltirib çiqarişi mumkin edi. Ozarboyjon possovet hududidagi nisbatan kiçik davlat bölsa-da, zarbalar aynan uning elçixonasi atrofida takrorlangani e’tiborni tortadi.











