Şavkat Mirziyoyev Özbekiston xalqiga Ramazon tabrigini yölladi.

«Qadrli vatandoşlar! Avvalo, siz, azizlarni, butun xalqimizni yurtimizga mehr-oqibat, xayru saxovat va şukronalik timsoli bölgan muqaddas Ramazon oyining kirib kelişi bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Albatta, uşbu qutluğ ayyomda barçamizni Ramazoni şarifga mana şunday soğ-omon, birlik va hamjihatlikda yetkazgani uçun Parvardigori olamga çeksiz şukronalar aytamiz», deyiladi tabrik sözi boşida.

Davlat rahbari insonni ezgu va savob işlarga da’vat etadigan uşbu oyni munosib tarzda ötkaziş maqsadida bu yil ham katta tayyorgarlik işlari amalga oşirilayotganini ta’kidladi.

«Jumladan, mahalla va uy-joylar, masjid va madrasalarni obod qiliş, keksa, nogiron va yordamga muhtoj şaxslarning holidan xabar oliş, qöşnilar, yaqin qarindoşlarga mehr va e’tibor körsatiş, ibodat va iftor marosimlarini tartibli ötkazişga xonadon va mahalla ahllari, jamoatçilik vakillari tarafidan alohida ahamiyat berilmoqda. Bularning barçasi bebaho boyligimiz bölgan tinçlik-osoyiştalik, millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglik muhitini, insonparvarlik tamoyillarini mustahkamlaş, yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligini oşirişga xizmat qilişi tabiiy, albatta», dedi Mirziyoyev.

Prezident Ramazon oyining uluğ fazilatlari, axloqiy-ma’naviy ahamiyati aynan ana şunday oliyjanob işlarda yaqqol namoyon bölişini ta’kidladi.

«Bu haqda söz yuritganda, keyingi yillarda inson qadrini, har bir fuqaroning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlaş, ijtimoiy adolat Özbekistonda davlat siyosati darajasiga kötarilgani, şu asosda amalga oşirayotgan keng kölamli islohotlarimiz xalqimiz hayotini tubdan özgartirayotganini ta’kidlaş örinlidir. Joriy yilni mamlakatimizda “Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş yili” deb e’lon qilganimiz va bu borada tegişli amaliy işlarni boşlab yuborganimiz zamirida ham ana şunday buyuk intilişlar mujassamdir», dedi Mirziyoyev.

Davlat rahbari Alloh taoloning marhamati yoğilib turgan mana şunday saodatli kunlarda ajdodlar xotirasini, ularning ezgu işlari, xayrli amallarini eslaş va davom ettiriş muhimligini ta’kidladi. Şuningdek, sönggi yillarda islom dini va madaniyati ravnaqiga beqiyos hissa qöşgan buyuk allomalar muqaddas qadamjolarini obod qiliş, ilmiy merosini tiklaş va örganiş, xalqimiz, ayniqsa yoşlar örtasida tarğib etiş böyiça köpgina işlar amalga oşirilayotganini aytdi.

«Afsuski, hozirgi vaqtda jahonning turli mintaqalarida uruş va janjallar davom etmoqda. Pok niyatlar qabul böladigan uşbu muborak ayyomda nizo va adovatlar barham topib, tinçlik, özaro işonç va hamkorlik aloqalari qaror topişini çin dildan istab qolamiz. Fursatdan foydalanib, uzoq va yaqin mamlakatlardagi vatandoşlarimizga, butun musulmon ummatiga ham samimiy tabrik va tilaklarimizni yöllaymiz», dedi prezident.