Britaniya politsiyasi qirol Çarlz III ning ukasi – sobiq şahzoda Endryu Mauntbetten-Vindzorni qölga oldi. U mansabidan foydalanib, jinoyat sodir etişda gumonlanmoqda. Politsiya u Buyuk Britaniyaning xalqaro savdo va investitsiyalar böyiça maxsus vakili bölib işlaganida dösti, amerikalik moliyaçi va odam savdosida ayblangan jinoyatçi Jyeffri Epşteynga maxfiy ma’lumotlarni bergani haqidagi xabarlarni tekşirmoqda, deb yozadi BBC va The Guardian.

Endryu özining tuğilgan kunida qölga olindi – 19 fevral kuni u 66 yoşga tölgandi. Qirol Çarlz III ukasiga nisbatan suriştiruv işlarini ma’qullagan. «Aniq qilib aytişga ruxsat bering: qonun tantana qilişi kerak», – degan u va endi huquq-tartibot organlari puxta va adolatli suriştiruv jarayoni ötkazişi kerakligi, bunda qirollik xonadoni ularga «har tomonlama yordam körsatişi»ni qöşimça qilgan.

Endryu Mauntbetten-Vindzorni qölga oliş uçun Sandringhemga kelgan politsiya maşinalari, 2026 yil 19 fevral
Peter Nicholls / Getty Images

Endryu qariyb 400 yil içida Britaniya monarxiyasining hibsga olingan ilk vakili böldi. The Guardian naşri yozişiça, bundan oldingisi Angliya qiroli Çarlz I bölgandi, u 1647 yilda fuqarolik uruşi davrida asirga tuşgan va xiyonatda ayblanib, qatl etilgandi. Britaniya tojining jinoiy harakat uçun ayblangan oldingi vakili Endryuning singlisi, malika Anna bölgandi. U 2002 yilda iti Vindzorda ikki bolani tişlab olgani uçun 500 funt miqdorida jarimaga tortilgandi. Şu bilan birga, Anna bu iş doirasida qölga olinmagan.

Endryu köp yillar davomida Jyeffri Epşteyn bilan yaqin aloqada bölgan. Ular 1990-yillarda tanişişgan va 2008 yilda Epşteyn ösmir yoşdagi qizlarni zörlaşda ayblanib, qamalganidan keyin ham u bilan aloqalarni saqlab qolgan. Epşteyn Endryuning sobiq rafiqasi Sara Fergyusonga (balki uning öziga ham) puldan yordam qilgani haqida ma’lumotlar bor. Buning evaziga Endryu Epşteynga «hurmatga sazovor böliş, siyosiy yetakçilar va biznes davralariga kiriş»ni ta’minladi, deydi Endryuning norasmiy tarjimayi holi muallifi yozuvçi Endryu Louni.

Melaniya Tramp (çapda), Endryu Mauntbetten-Vindzor, Gvendolin Bek va Jyeffri Epşteyn Donald Trampning Mar-a-Lagodagi keçki ziyofatida, 2000 yil 12 fevral