“Dunyo” AA xabar qilişiça, uçraşuvda davlat xizmati sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş, ilğor xorijiy tajribani örganiş va uni milliy amaliyotga joriy etiş masalalari muhokama qilingan. Xorij tomoniga Özbekistonda davlat xizmatini rivojlantiriş, istiqbolli kadrlar zaxirasini şakllantiriş hamda ularning muntazam kasbiy ösişini ta’minlaşga qaratilgan islohotlar haqida ma’lumot berilgan.

Muloqot davomida tomonlar birgalikda ta’lim dasturlarini işlab çiqiş va treninglar taşkil etiş, onlayn va gibrid öquv platformalarini yaratiş imkoniyatlarini körib çiqqan. Şuningdek, ekspertlar almaşiş va qöşma tadqiqot loyihalarini tayyorlaşga alohida e’tibor qaratilgan.

Uçraşuv yakunida Özbekiston şahar va tumanlari hokimlari uçun qisqa muddatli malaka oşiriş kurslarini yölga qöyiş, davlat xizmati sohasida özaro manfaatli hamkorlikni izçil davom ettiriş va qöşma dasturlarni amalga oşiriş böyiça kelişuvga erişilgan.

Ma’lumot uçun, Civil Service College 1970 yilda Britaniya hukumati huzuridagi milliy maktab sifatida taşkil etilgan bölib, davlat xizmatçilari tayyorlaş va qayta tayyorlaşga ixtisoslaşgan muassasa hisoblanadi. 2012 yildan esa mustaqil ta’lim markazi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.