Loyihaga köra, favqulodda vaziyatlarda aholi va qutqaruvçilarga sifatli tibbiy va psixologik yordam körsatiş tizimini şakllantiriş, aholini ruhiy tayyorlaş, qutqaruvçilarning stressga bardoşliligini oşiriş hamda ularning psixologik holatini muntazam monitoring qiliş ustuvor vazifalar sifatida belgilangan.
Hujjatda 2026 yil 1 dekabrga qadar Favqulodda vaziyatlar vazirligi tibbiyot xizmati negizida Tibbiy va ijtimoiy-psixologik ta’minot xizmati taşkil etilişi nazarda tutilmoqda. Mazkur xizmat favqulodda vaziyatlarda tibbiy-psixologik yordam körsatuvçi tuzilmalar faoliyatini respublika miqyosida muvofiqlaştiriş va ularga uslubiy-amaliy yordam körsatiş bilan şuğullanadi.
Şuningdek, keng kölamli favqulodda vaziyatlarda tibbiy psixologlar, qutqaruvçi-paramediklar, tibbiyot xodimlari va köngillilardan iborat mobil tibbiy-psixologik yordam brigadalarini taşkil etiş rejalaştirilmoqda.
Qaror loyihasi doirasida tibbiy-psixologik yordam sohasida mutaxassislar tayyorlaş va malakasini oşiriş, qutqaruvçilarni birinçi va şoşilinç psixologik yordam körsatişga öqitiş tizimini joriy etiş ham közda tutilgan. 2027 yil 1 yanvardan qutqaruv xizmatiga birinçi va şoşilinç psixologik yordam kursini tugatgan fuqarolarni qabul qiliş amaliyotini yölga qöyiş rejalaştirilmoqda.
Loyihada qutqaruvçilarning tibbiy va ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş ham nazarda tutilgan. Jumladan, mehnat şartnomasi asosida işlovçi qutqaruvçilarga bepul tibbiy yordam körsatiş, sanatoriy-kurort ta’minotidan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş, xizmat vaqtida jarohat olgan yoki halok bölgan qutqaruvçilar hamda ularning oilalarini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş çoralari belgilanmoqda.












