Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Ispaniya tajribasi asosida zamonaviy issiqxonalar barpo etiladi
Mamlakat elchixonasida Ispaniyaning New Greenhouses Projecs S.L. kompaniyasi direktori Xose Migel Rinkon bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Uchrashuvning asosiy mavzusi dunyodagi eng samarali issiqxona xo‘jaliklari markazi hisoblangan Almeriya (Ispaniya) provinsiyasi tajribasi asosida Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida zamonaviy issiqxona majmualarini barpo etish bo‘ldi.
Issiqxonalarni energiya bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Xose Rinkon an’anaviy yoqilg‘i (gaz va ko‘mir) o‘rniga vodoroddan muqobil energiya manbai sifatida foydalanish texnologiyasi iqtisodiy va ekologik jihatdan eng maqbul yechim ekanini ta’kidladi.
Ispaniyalik tadbirkor O‘zbekistonda ishlab chiqaruvchilar kooperatsiyasi modelini qo‘llash orqali xarajatlarni kamaytirish va mahalliy mahsulotlarning eksport salohiyatini oshirish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.
Kadrlar tayyorlash yo‘nalishida Ispaniyaning Bicore o‘quv markazi bilan hamkorlikda o‘zbekistonlik agronom va texnik mutaxassislar uchun malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Dastlabki bosqichda 50 nafargacha mutaxassisni o‘qitish ko‘zda tutilgan.
Muzokaralar yakunida Xose Rinkon yaqin vaqt ichida Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlariga tashrif buyurib, fermerlar bilan uchrashish va qurilish maydonchalarini ko‘zdan kechirishga tayyorligini bildirdi.
Mavzuga oid
18:49 / 08.07.2026
Tramp NATOda: Ispaniya bilan savdoni uzish va Grenlandiyani egallash da’vosi
17:51 / 07.07.2026
“Misqollab yaratilgan Toshkent brendini yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin” – issiqxonachi muqobil yechimlar haqida
19:49 / 02.07.2026
Toshkent viloyatida issiqxonalarni demontaj qilish boshlandi
08:25 / 02.07.2026