Poytaxt mintaqasidagi issiqxonalar tomonidan ekologik toza texnologiyalar asosida «yaşil» issiqxonalarga aylaniş şarti bilan faoliyatini davom ettirişga ruxsat beriş taklif etilmoqda. Bu haqda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi matbuot xizmati xabarida aytiladi.

«Poytaxt mintaqasida tungi vaqtda havo haroratining keskin pasayişi va şamolsiz ob-havo şaroitida atmosferada inversiya tabiiy hodisasi kuzatilişi natijasida kömir yoqilğisidan foydalanadigan issiqxona xöjaliklaridan çiqadigan ifloslantiruvçi moddalar böyiça fuqarolarning murojaat va şikoyatlari köpaygan. Jumladan, Yunusobod tumani aholisi atmosfera havosi sifati yomonlaşgani, şuningdek, issiqxonalarni isitiş maqsadida kömirdan foydalaniş oqibatida yuzaga keladigan noxuş hidlar haqida xabar bergan», – deyiladi xabarda.

Fuqarolarning murojaatlarida keltirilgan barça holatlar böyiça tegişli taşkilotlar tomonidan voqea joyiga çiqqan holda tegişli örganiş işlari olib borilgan. Toşkent şahri atmosferasiga ifloslantiruvçi moddalarni çiqarayotgan şaxslarga nisbatan zudlik bilan qatʼiy çoralar köriş uçun işonçli maʼlumotlarni oliş maqsadida havodan namunalar olingan.

Maxsus komissiya Toşkent şahri atmosfera havosi holatiga turli antropogen manbalarning salbiy taʼsirini kamaytirişga qaratilgan kompleks çora-tadbirlarni amalga oşirmoqda. Ularning asosiylari sanoat korxonalari, avtotransport vositalari (elektrobuslar va elektromobillar bundan mustasno), Toşkent şahrining isitiş tizimi, kuz-qiş mavsumida esa poytaxt mintaqasidagi aholi yaşaş hududlariga yaqin joylaşgan issiqxona xöjaliklaridir.

Taʼkidlanişiça, issiqxona xöjaliklari vakillari amaldagi obyektlarni modernizatsiya qiliş, ekologik toza isitiş texnologiyalariga ötiş va ekologik xizmatlar tomonidan belgilangan meyorlarga muvofiq çiqindilar miqdorini xavfsiz darajagaça kamaytirişga tayyorligini bildirib, bir neça bor murojaat qilgan.

Issiqxona xöjaliklari tomonidan energiya tejamkor texnologiyalarga ötiş, şuningdek, zamonaviy isitiş tizimlari bilan qayta jihozlaniş va atmosferaga çiqarilayotgan ifloslantiruvçi moddalarni onlayn rejimda monitoring qiliş tizimini joriy etiş taklif qilinmoqda.

Jumladan, isitiş tizimlariga ega bölgan hamda davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini olgan issiqxona xöjaliklari faoliyatini tabiiy gaz, şu jumladan, suyultirilgan gaz, elektr, geotermal va quyoş energiyasi, şuningdek, issiqlik elektr stansiyalarida işlab çiqariladigan ikkilamçi issiqlik energiyasidan foydalangan holda amalga oşiriş taklif etilmoqda.