Moskva şahrining Nikulin tuman sudi 20 fevral, juma kuni «Sirena-trevel» kompaniyalar guruhini — Rossiyadagi deyarli barça yirik aviataşuvçilar foydalanadigan Leonardo aviaçipta bron qiliş tizimi operatorini milliylaştiriş haqida qaror çiqardi. Da’voni Rossiya Boş prokuraturasi kiritgan. Sud majlisi matbuotdan yopiq tarzda ötgan.
Nazorat idorasi ma’lum qilişiça, LDPR fraksiyasidan Davlat dumasi deputati Rifat Şayxutdinov, «Sirena-trevel» asosçisi sifatida, avval özi rahbarlik qilgan davlat korxonasi aktivlari negizida biznes tuzgan. Tergov versiyasiga köra, bu iş noqonuniy amalga oşirilgan. Şayxutdinovning biznes hamkori — milliarder Ibragim Suleymanov hozirda tergov ostida.
Musodara qilingan mulkning umumiy qiymati 35 mlrd rubldan oşadi. «Sirena»ning öziga qöşimça ravişda davlat ixtiyoriga Sankt-Peterburgdagi «Novotel» va «Valo» mehmonxonalari, oltita turistik kompaniya, şuningdek kottejlar, kvartiralar va yer uçastkalari ham ötgan.
«Sirena-trevel» faqat Leonardo çipta sotiş tizimini emas, balki köplab Rossiya aeroportlarida işlaydigan yölovçi va bagajni röyxatdan ötkaziş platformasi — «Astra»ni ham nazorat qiladi. Amalda bu mamlakat fuqarolik aviatsiyasi infratuzilmasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Kompaniya bir neça bor hakerlar hujumlarining nişoni bölgan: ular «Sirena»ning öziga ham, Leonardo tizimiga ham hujum qilgan.












