19 fevral kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp özi tuzgan Tinçlik kengaşining ilk yiğilişini Vaşingtonda ötkazdi. 47 davlat vakillariga yöllagan uzun va murakkab nutqining yakunida Tramp bir qança bayonotlar berdi.

Tramp dastlab AQŞ Tinçlik kengaşiga 10 milliard dollar ajratişini aytdi. U mablağ qayerdan olinişi yoki uni AQŞ Kongressidan söraş-söramasligini aytmadi.

Trampning aytişiça, iştirokçi davlatlar Ğazoni qayta quriş uçun dastlabki badal sifatida 7 milliard dollar yiğgan. Badal qöşganlar qatorida Qozoğiston, Ozarboyjon, BAA, Marokaş, Bahrayn, Qatar, Saudiya Arabistoni, Özbekiston va Kuvayt bor.

Şuningdek, FIFA Ğazoda futbol bilan boğliq loyihalar uçun 75 million dollar ajratadi, BMT esa humanitar yordam uçun 2 milliard dollar qöşadi, dedi AQŞ yetakçisi.

Foto: Reuters

Reuters’ning yozişiça, xalqaro taşkilotlar ikki yillik uruşdan söng vayronaga aylangan Ğazoni tiklaş xarajatlarini 70 milliard dollargaça baholagan. Bu vayronkor hujumlarning sababi bölgan Isroil esa Ğazoni tiklaş işlariga pul beriş-bermasligi noma’lum.

Kengaş a’zolari va BMTga raqobat

Tramp uşbu kengaşni 2025 yil centyabr oyida Isroilning Ğazodagi uruşini tugatiş rejasini e’lon qilganida taklif qilgandi. Keyinçalik u kengaş vakolatini Ğazodan taşqariga ham kengayib, dunyo böylab boşqa mojarolarni ham qamrab olişini oçiq aytgan.

Kengaşga 27 ta a’zo davlat yetakçilari va TIV darajasidagi vakillari kelgan. Qolgan iştirokçi davlatlar, şuningdek Yevropa Ittifoqi – kuzatuvçi sifatida qatnaşdi.

Tinçlik kengaşiga Isroil ham qöşildi. Lekin, isroilliklar Hamas bilan uzoq yillik aloqalarga ega bölgan Qatar va Turkiyaning iştirokidan şubhalanmoqda.

Tinçlik kengaşi a’zolari / Foto: Reuters