Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy öz maslahatçilari bilan yopiq yiğilişda ularga kelgusi uç yilga möljallangan harbiy harakatlarning batafsil rejasini işlab çiqişni topşirgan. Bu haqda The Wall Street Journal’ning Yevropadagi siyosiy muxbiri Boyan Pançevskiy nemis jurnalisti Paul Ronşaymerning podkastida aytib ötdi.

Pançevskiyning sözlariga köra, yiğiliş 13 fevral kuni, Zelenskiyning Myunxen konferensiyasiga safari arafasida bölib ötgan. Jurnalistning ta’kidlaşiça, yiğiliş davomida Zelenskiy «muzokaralar barbod bölgani va endi yana uç yillik uruş rejasini işlab çiqiş kerakligini ma’lum qilgan».

Pançevskiyning aytişiça, uşbu yiğilişdan oldin prezident ofisida Rossiya va AQŞ bilan «qanday bölişidan qat’i nazar» kelişuvni referendumga olib çiqiş va uni bahor oxiri yoki yoz boşida saylov bilan birga ötkaziş ustida iş olib borilgan.

Va birdan Zelenskiy 180 darajaga burilib, şunday dedi: bularning barçasi behuda, biz uzoq uruşga tayyorgarlik körişimiz kerak [...]. Qandaydir sabablarga köra u muzokaralarga tayyor emasdek tuyuldi. Buning sababi nima ekanini bilmayman. Bu mening manbam. Men uning uçta eng yaqin maslahatçisini bilaman – ular buni özlari bilişmagan yoki bilgan bölsalar ham, nima uçun u öz pozitsiyasini özgartirganini menga aytişmagan.

Jurnalistning taxmin qilişiça, AQŞ prezidenti Donald Tramp Zelenskiyga «sönggi taklif» bergan, bu esa Ukraina prezidenti uçun «yetarli bölmagan».

Zelenskiyning yordamçisi Dmitriy Litvin 20 fevral kuni bu ma’lumotni «feyk» deb atadi. Uning sözlariga köra, keyingi uruş rejasini tayyorlaş böyiça topşiriqlar bölmagan, şuningdek, muzokaralar ham salbiy baholanmagan. Şu bilan birga, Zelenskiyning özi ötgan hafta The Atlantic naşriga bergan intervyusida «yomon kelişuv»ni qabul qilgandan köra, harbiy harakatlarni davom ettiriş ma’qulligini aytgandi.

U Donbassdan qöşinlarni olib çiqişga rozi, ammo buning uçun Rossiya qöşinlari ham olib çiqilişi şart böladi. Kreml esa Ukraina qurolli kuçlarining bir tomonlama çiqib ketişini istaydi, şuningdek, Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari berilişiga va xorijiy qöşinlar joylaştirilişiga qarşi.

Rossiya va Ukraina muzokaralarga salbiy baho bermaslikka kelişib oldi, deb xabar berdi Jyenevadagi sönggi uçraşuv tafsilotlari bilan taniş bölgan manbalar The Telegraph naşriga. Litvinov reaksiyasining sababi ham şunda bölişi mumkin.

Muzokaralarning özi asosiy hududiy masala böyiça heç qanday oldinga siljişsiz yakunlandi, dedi The Telegraph manbalari. Yevropada muzokaralar jarayoniga tobora köproq şubha bilan qaraşmoqda va uruş yana bir yil, hatto uç yil davom etişiga işonişmoqda, deb yozdi The Wall Street Journal Yevropa Ittifoqi rasmiylariga tayanib.