Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasiga köra, 2026–2027 yillarda tajriba-sinov tariqasida Qoraqalpoğiston Respublikasi va barça viloyatlarda oqova suvlarni çiqarib yuboriş tarmoqlariga ulanmagan bittadan tuman (şahar)da suyuq maişiy va organik çiqindilarni kompostlaş orqali biogaz va organik öğitlar işlab çiqariş loyihalari amalga oşiriladi.

Loyihalar sanitar tozalaş korxonalari va salohiyatli investorlar iştirokida taşkil etiladi. Ularni amalga oşiriş tartibiga oid alohida nizom tasdiqlanişi nazarda tutilgan.

Qayd etilişiça, mazkur taşabbus çiqindilarni xavfsiz “yiğiş–taşiş–qayta işlaş” zanjirini yölga qöyiş, oqova tarmoqlariga ulanmagan hududlarda hosil böladigan çiqindilarni qayta işlaş, poligonlarga çiqindilar joylaştiriş hajmini qisqartiriş hamda muqobil energiya va organik öğit işlab çiqariş orqali atrof-muhit muhofazasini kuçaytirişga qaratilgan.

Qaror ijrosi uçun Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi huzuridagi Çiqindilarni boşqariş va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi direktori, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi hamda viloyatlar hokimlari şaxsan javobgar etib belgilanmoqda.