Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Financial Times: Trampning Tinchlik kengashi G‘azo sektori uchun steyblkoin yaratish g‘oyasini o‘rganmoqda
Tinchlik kengashi bilan ishlayotgan amaldorlar G‘azo sektori uchun steyblkoin yaratish imkoniyatini o‘rganmoqda, deb yozadi Financial Times manbalarga tayanib.
Foto: Sky news
Ularning so‘zlariga ko‘ra, bu masala bo‘yicha muzokaralar hozircha dastlabki bosqichda, bunday kriptovalutani qanday joriy etish haqidagi ko‘plab tafsilotlar esa hali aniqlanishi kerak.
Gazeta suhbatdoshlaridan biri steyblkoin AQSh dollariga bog‘lanishi kutilayotganini, kriptovalutani yaratishda Fors ko‘rfazi mamlakatlaridan bo‘lgan kompaniyalar, shuningdek, Falastin kompaniyalari ishtirok etishini aytgan.
«Bu Gaza Coin yoki yangi Falastin valutasi bo‘lmaydi, balki G‘azo aholisiga raqamli tranzaksiyalarni amalga oshirish imkonini beradigan vosita bo‘ladi», — dedi manbalardan biri.
FT ta’kidlashicha, Isroil bilan HAMAS guruhi o‘rtasidagi ikki yillik urush davomida G‘azo sektoridagi iqtisodiy faoliyat keskin qulagan, an’anaviy bank va to‘lov tizimlari ham jiddiy zarar ko‘rgan.
Mavzuga oid
11:02 / 04.04.2026
Tramp FTB direktorini ishdan olish haqida o‘ylamoqda
09:18 / 04.04.2026
Tramp 1,5 trln dollarlik harbiy budjetni talab qildi
09:11 / 04.04.2026
Eron: AQSh Yaqin Sharqda yana bir jangovar samolyotini yo‘qotdi
13:13 / 03.04.2026