Fevral bizni quyoşli kunlar bilar siyladi. Biroq hamma biladi, bunaqa sovğaning ikkinçi tomoni bor: bu faslning quyoşli kunlaridan keyin sovuq tuşsa uyğonib ulgurgan nabototni sovuq uradi. Xöş, bu yil qanday böladi? Iqlimşunos Erkin Abdulahatov yaqin ön kunlikdagi ob-havo kutilmalarini Kun.uz'ning jonli efirida taniştiradi.
Oy oxirlariga borib, Navoiy, Buxoro viloyatlari hamda köplab toğ oldi hududlarida mavsum uçun ilk sovuq uriş hodisalari kuzatilişi mumkin. Joriy haftaning çorşanba kuni hududlarda havo harorati +15...+20 daraja, janubiy viloyatlarda +25 darajagaça kötarilişi kutilmoqda. Dam oliş kunlariga borib hududlarda havo haroratining sezilarli pasayişi kutiladi.
Fevral davomida kuzatilgan yuqori havo harorati dov-daraxtlar uçun ösiş davrining har qaçongidan ança erta, ayrim viloyatlarda bir oyça oldin bölişini ta’minladi.
Fevral oyidagi bu kabi aldamçi bahor azaldan qişloq xöjaligi tarmoqlari uçun sovuq uriş hodisalarini keltirib çiqargan, yil hosiliga ta’sir etib kelgan. Joriy yilda ham şunga yaqin holat kuzatilişi mumkin. Ammo bu hududlar uçun bir xil emas, ayrim viloyatlarda mart oyi boşlaridagi sovuqlik tölqini qişloq xöjalik tarmoqlariga katta xavf tuğdirmaydi.
Jahon meteorologik taşkiloti Özbekistonda joriy bahor mavsusmini harorat kesimida ança issiq, yoğingarçilik kesimida esa sezilarli quruq ötişi bilan boğliq mavsumiy prognozini taqdim etdi.











