2022 yil fevral oyida Rossiyaning «maxsus harbiy operatsiya» nomi ostida boşlagan keng kölamli uruşi ertaga – 2026 yil 24 fevral kuni özining törtinçi yiliga qadam qöyadi. Rossiya uşbu harakatlarini NATOning şarqqa kengayişi va öz xavfsizligini ta’minlaş bilan oqlaşga urinsa-da, Ukraina va jahon hamjamiyatining katta qismi buni mustaqil davlat suverenitetiga nisbatan asossiz tajovuz deb hisoblaydi.
Uşbu yillar davomida Ukrainaning köplab şaharlaridagi şiddatli janglar millionlab qoçqinlar, minglab qurbonlar va katta iqtisodiy inqirozga sabab böldi. Rossiya-Ukraina uruşi zamonaviy tarixdagi eng yirik qurolli mojaroga aylandi. Hozirda Ukraina Ğarb davlatlarining harbiy va moliyaviy kömagi bilan mudofaa uruşini davom ettirmoqda, Rossiya esa egallangan hududlarda öz pozitsiyalarini mustahkamlaşga harakat qilmoqda. Şu bilan birga AQŞ vositaçiligida 3 tomonlama muzokaralar davom etmoqda.
Associated Press naşri uruşning 4 yili davomida öz fotomuxbirlari tomonidan olingan eng ta’sirli suratlarni jamladi.






























