24 fevralga ötar keçasi Moskvadagi Savyolovskiy vokzalida röy bergan portlaş oqibatida bir politsiyaçi halok bölib, yana ikki nafari jarohatlandi.

IIV xabariga köra, soat 00:05 atrofida Yöl-patrul xizmatining vokzal maydonida turgan xizmat avtomobili oldiga bir kişi kelgan va noma’lum qurilmani portlatgan.

Dastlabki xabarlarda «jinoyatçi voqea joyidan yaşiringani» aytilgandi. Keyinroq Tergov qömitasi u voqea joyida portlaş oqibatida halok bölganini ma’lum qildi.

Tergov qömitasi huquq-tartibot organi xodimining hayotiga tajovuz qiliş (RF Jinoyat kodeksi 317-moddasi) va portlovçi qurilmalarning noqonuniy muomalasi (222.1-modda 1-qismi) böyiça jinoyat işi qözğatgan. 

IIV halok bölgan politsiyaçining şaxsini oçiqlagan – bu politsiya katta leytenanti Denis Bratuşçenko edi. Vazirlik u va yaralangan politsiyaçilarning oilalariga yordam körsatilişini va’da qilgan.

Keyinroq Tergov qömitasi «özini portlatgan» şaxs – Udmurtiyada yaşovçi 22 yoşli şaxs bölib, 22 fevral kuni Peterburgdan Moskvaga kelganini xabar qildi. Idora uning ismini oçiqlamagan.

Kuçişlatar tuzilmalarga yaqin bölgan «112» va Mash telegram-kanallari yozişiça, vokzal atrofida portlaş uyuştirgan Sergey M. bölib, u Mojga şahrida tuğilgan va sönggi vaqtlarda Peterburgda payvandçilikni örganib, mahalliy mebel fabrikasida işlagan. U muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilmagan. «112» manbasi Sergey M. muntazam ravişda mikromoliya taşkilotlaridan qarz olgani va Resident Evil öyinlariga mukkasidan ketgani haqida ma’lum qilgan.

Tergov versiyalaridan biriga köra, Sergey M. kurer bölgan va Moskvaga olib borişi buyurtma qilingan jönatmada nima borligidan bexabar bölgan. «Baza»ning yozişiça, uni manzilga Ukraina maxsus xizmati xodimlari bölgan «buyurtmaçilar» telefon orqali yönaltirib turgan.

Vladimir Putin 24 fevral kuni keçqurun FXX kollegiyasida sözlagan nutqida portlaşni amalga oşirgan şaxs katta ehtimol bilan internet orqali yollanganini aytdi.

«Keça Savyolovskiy vokzalida bölgan iş, aftidan, bu albatta, siz tomoningizdan qöşimça işlarni talab qiladi, ammo hozirdan aniqki… katta ehtimol bilan, bugungi kunda odatiy bölgan internet orqali yollaş bölgan. Bu odamga portlovçi boğlaşgan, keyin esa masofadan uni ham, hujum obektini ham portlatişgan. Katta ehtimol bilan u [ijroçi] heç narsani bilmagan ham», – degan RF prezidenti.

Keyinroq IIV taşqi kuzatuv kameralaridan montaj qilingan kadrlarni e’lon qildi, unda Savyolevskiy vokzali maydonidagi portlaş payti aks etgan. Kadrlarda portlaşning ehtimoliy ijroçisi körinmaydi.