Rossiya hukumati Qora dengizdagi «Turk oqimi» va «Moviy oqim» gaz quvurlarini portlatişga uriniş haqida ma’lumot oldi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin FXX hay’ati yiğilişida. U bu ma’lumotlarning manbasiga aniqlik kiritmadi, şuningdek, boşqa tafsilotlarni ham keltirmadi.
Uning sözlariga köra, Rossiya raqiblari «heçam tinçlana olmayapti».
«Ular diplomatik vositalar bilan hal qilişga uriniş orqali bu tinç jarayonni buziş uçun nima qiliş kerakligini bilmayapti. Hamma narsa qandaydir provokatsiyani amalga oşiriş va uşbu muzokaralarda erişilgan barça narsani buziş uçun qilinmoqda», deb qöşimça qildi u.
Putinning aytişiça, «raqib heç qanday vositadan hazar qilmaydi». U matbuotda «qandaydir yadroviy komponentdan foydalaniş niyati» haqida xabarlar tarqalganini eslatib ötdi. (Avvalroq Rossiya razvedkasi Britaniya va Fransiya Ukrainaga yadro qurolini xufiyona bermoqçi ekani haqida xabar tarqatgan edi). «Buning oqibati nima bilan tugaşini tuşunişsa kerak», deb qöşimça qildi u.
Putin, şuningdek, Rossiyada teraktlar soni köpayganini ma’lum qildi va ular uçun mas’uliyatni Ukraina maxsus xizmatlariga yukladi. U FXX rahbariyatiga Mudofaa vazirligi va mudofaa-sanoat kompleksining yuqori martabali xodimlari, hokimiyat vakillari, jamoatçilik fikri yetakçilari, jurnalistlar va köngillilarni himoya qilişni kuçaytirişni topşirdi. Şuningdek, u «davlat çegarasini qöriqlaş böyiça jiddiy qöşimça çoralar» köriş böyiça topşiriq berdi.
2022 yilda Boltiq dengizi tubidan ötuvçi «Şimoliy oqim» gaz quvurlari tizimida portlaşlar sodir böldi. Bunga bir guruh ukrainalik ofitserlar aloqadorlikda gumon qilinmoqda.
Portlaşlar böyiça birinçi bölib qölga olingan şaxs Sergey Kuznetsov edi. OAV ma’lumotlariga köra, Kuznetsov Ukraina Xavfsizlik xizmatining sobiq xodimi va Ukraina Qurolli kuçlarining iste’fodagi kapitani. U 2025 yil avgust oyida Italiyada qölga olingan va portlaşlar böyiça tergov olib borayotgan Germaniyaga topşirilgan.












