Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2025 yilda pomidor eksporti qiymati 36 mln AQŞ dollarini taşkil etgan. Eksport geografiyasi 12 ta davlatni qamrab olgan.
Hisobotga muvofiq, Özbekiston pomidorining asosiy xaridori Rossiya bölib, uşbu davlatga 32 786 tonna mahsulot yetkazib berilgan. Şuningdek, Qozoğistonga 6 850 tonna, Qirğiz Respublikasiga 5 115 tonna pomidor eksport qilingan.
Bundan taşqari, Birlaşgan Arab Amirliklariga 325,8 tonna, Tojikistonga 48,2 tonna, boşqa davlatlarga esa 81,6 tonna mahsulot yetkazib berilgan.
Mutaxassislar fikriça, eksport hajmidagi pasayiş taşqi bozor kon’yunkturasi, logistika xarajatlari va içki bozordagi talab omillari bilan boğliq bölişi mumkin.











