Milliy statistika qömitasi keltirgan ma’lumotlarga köra, 2025 yilda respublika böyiça kompyuterlar va maişiy tovarlarni ta’mirlaş xizmatlari hajmi qariyb 14,4 trln sömga yetgan. Bu körsatkiç 2024 yilga nisbatan 20,7 foizga ösgan.
Hududlar kesimida eng katta hajm Samarqand viloyatida — 1,8 trln söm, Toşkent şahrida — 1,7 trln söm qayd etilgan. Keyingi örinlarda Toşkent viloyati va Farğona viloyati (har biri 1,5 trln söm) hamda Qaşqadaryo viloyati (1,4 trln söm) turadi.
Qolgan hududlarda körsatkiçlar quyidagiça:
Qoraqalpoğiston — 838,8 mlrd söm;
Andijon — 987,4 mlrd söm;
Buxoro — 796,5 mlrd söm;
Jizzax — 468,2 mlrd söm;
Navoiy — 344,3 mlrd söm;
Namangan — 1,1 trln söm;
Surxondaryo — 781,7 mlrd söm;
Sirdaryo — 254,4 mlrd söm;
Xorazm — 995,1 mlrd söm.
Eng past körsatkiç Sirdaryo viloyatida — 254,4 mlrd söm qayd etilgan.












