Elçixonaning ma’lum qilişiça, mintaqada xavfsizlik holati tez özgarişi mumkinligi sababli, quyidagilar tavsiya etiladi:

  • Isroil rasmiy idoralari va mahalliy hokimiyat organlarining xabar va körsatmalariga amal qiling.
  • Ommaviy tadbirlar ötkazilayotgan joylarga borişdan va odamlar gavjum hududlarda uzoq vaqt qolişdan saqlaning.
  • Sayohat va harakatlanişni rejalaştirişda ehtiyotkorlikka rioya qiling, ayrim hududlarga safarni vaqtinça keçiktirişni körib çiqing.
  • Şaxsni tasdiqlovçi hujjatlaringizni doimo özingiz bilan olib yuring hamda yaqinlaringiz bilan doimiy aloqada böling.

Bayonotda keltirilişiça, elçixona bilan quyidagi telefon raqamlari orqali boğlaniş mumkin:

  • 03-672-2466
  • 03-672-2371
  • 03-758-5075
  • 03-758-5076

Favqulodda va şoşilinç xabarlar uçun:

  • +972 54 485 1397

Elektron poçta: [email protected]

“Iltimos, vaziyatga jiddiy yondaşing va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qiling”, – deyiladi Özbekistonning Tel-Avivdagi elçixonasi çaqiriğida.

27 fevral kuni AQŞ Davlat departamenti Amerika hukumatining Isroilda bölib turgan, lekin favqulodda muhim pozitsiyada bölmagan xodimlari va ularning oila a’zolariga Isroildan çiqib ketişga ruxsat berdi. AQŞ terroristik hurujlar va harbiy nizolar xavfi tufayli öz fuqarolarini Isroilga sayohat qiliş rejalarini qayta körib çiqişga çaqirgan.

Keça, 26 fevral kuni Jyenevada Eron yadro dasturi böyiça Tehron va Vaşington örtasidagi muzokaralarning navbatdagi raundi yakunlandi.