Kun.uz’ning “Geosiyosat” dasturida siyosatşunoslar şu haqida söz yuritdi.

Oyatulloh Ali Xominaiyning halok böldi, Erondagi rejim masalasi söroq ostidami?

Kamoliddin Rabbimov: Amerikaning özida ham ekspertlar fikriga quloq solinsa, bu hali konfliktning boşlanişi xolos. Agar Amerika Imom Xominaiyni yöq qiliş orqali siyosiy tizim özgaradi deb öylagan bölsa, bu notöğri yondaşuv.

Iroq va Afğoniston tajribasi şuni körsatadiki, hokimiyatni ağdariş oson, ammo undan keyingi vaziyatni nazorat qiliş nihoyatda qiyin.

Eron esa 90 milliondan ortiq aholiga ega katta jamiyat bölib, uning tafakkuri Amerikaga işonçsizlik va Isroilga nisbatan salbiy munosabat bilan töyingan.

Töğri, jamiyatning katta qismi erkinlikni istaydi. Biroq bu erkinlik yölida ular özining diniy va madaniy özligini, musulmonlik va şialik identitetini tark etmaydi.

Şuning uçun, ertaga hokimiyatga kim kelişidan qat’i nazar qisqa muddatli ijobiy özgarişlar bölişi mumkin. Ammo agar siyosiy tizim xalq irodasiga boğliq bölsa, Isroilga nisbatan salbiy munosabat baribir saqlanib qoladi. Buni Iroq, Suriya va Liviya misolida ham köriş mumkin. Uşbu davlatlarda siyosiy tizimlar izdan çiqqan bölsa-da, jamiyatning Isroilga munosabati özgarmagan.

Şu bilan birga, sönggi paytlarda Amerikaning özida ham jamoatçilik fikri özgarib bormoqda. Ilgari amerikaliklarning 70-80 foizi Isroilni asosiy ittifoqçi deb bilgan va uni qöllab-quvvatlaş zarur deb hisoblagan. Ammo oxirgi oylarda Falastinga nisbatan hamdardlik ortib, Isroilga işonç pasaymoqda.

Imom Xominaiyning sahnadan ketişi muayyan transformatsiyani boşlab berişi mumkin. Ammo hozirça siyosiy tizim qulaydi, deb aytiş qiyin. Köplab ekspertlar ham şunday fikrda. Çunki bunday tizimni ağdariş uçun keng kölamli, tölaqonli uruş talab etiladi.

Erondagi siyosiy tizim çuqur ildizlarga ega, unda Islom inqilobi qöriqçilari korpusi, mudofaa vazirligi va boşqa kuç tuzilmalari mavjud. Ularni butunlay yöq qiliş uçun uzoq va murakkab harbiy jarayon kerak böladi. Bu tizim Saddam Husayn davridagi Iroqdan farq qiladi, u yerda yakka şaxs diktaturasi bölgan va tez qulagan.

Eronda esa tizim ança murakkab va mafkuraviy asosga ega. Uning ildizlari çuqur. Şu bilan birga, kelajakda hokimiyatga keladigan şaxslarning diplomatik yondaşuvi boşqaça bölişi mumkin.